O'zil kumiri kim ekanligini aytdi

Aslanov Jasurbek
26 okt 2018, 18:33
"Arsenal" yarim himoyachisi Mesut O'zil uning kumiri kim ekanligini ma'lum qildi.

Futbolchining so'zlariga ko'ra, u doimo Zinedin Zidanga havas qilgan.

"Zidan bilan uchrashganimizda asabiylashganman, qo'llarim terlab ketdi, ammo xotirjam edim. Bu uchrashuvdan juda xursand bo'ldim. Menga uning o'yini yoqardi. U maydonda doimo sovuqqon bo'lgan va atrofga qarab, qizg'anchiqlik qilmay, aql bilan o'ynagan.

Uni Madridda ko'rishdan xursand bo'lganman, Zidan doimo mening kumirim bo'lgan va xatto hozir ham o'yinlar oldidan uning o'yini aks etgan videolarni tomosha qilaman" - deydi O'zil.

Eslatib o'tamiz, Zidan may oyida "Real"ni tark etdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports