O'zil "Arsenal"dan ketmoqchi emas
13 avg 2020 22:51
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/586596_original.jpg)
![](/upload/storage/586596_220.jpg)
O'zil "Arsenal"dan ketmoqchi emas
"Arsenal" yarim himoyachisi Mesut O'zil kelajagini ushbu klub bilan bog'lamoqchi.
Futbolchi va klub o'rtasidagi kelishuv 2020/21 yilgi mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan.
"Arsenal" bilan shartnomam yakunlanguncha ushbu klub uchun jonimni berishga tayyorman. Tarkibga qaytib, asosiy jamoa uchun kurasha olishimni bir necha bora ko'rsatdim deb o'ylayman. Ketish borasidagi qarorni o'zim qabul qilaman. Barchamiz shartnomani hurmat qilishimiz kerak. To'g'ri, hozirda holat unchalik yaxshi emas, lekin "Arsenal"ni yaxshi ko'raman. Bu er mening uyim, ketishni istamayman, bir umr qolishga tayyorman. "Arsenal" og'ir damlarni o'tkazayotgan paytda jamoaga yordam berishga tayyorman", - dedi O'zil.
Mesut 2013 yildan buyon "Arsenal" tarkibida o'ynamoqda. U jamoa tarkibida 254 o'yinda qatnashib, 44 gol va 77 assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar