So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

O'zgargan "Mashal" yoxud Muborak safari taassurotlari Yangiliklar

O'zgargan "Mashal" yoxud Muborak safari taassurotlari

Muborakning "Mashal" klubi zamonaviy o'zbek futbolida alohida o'rin tutadi.

Hozir Superligada birorta klub yo'qki tarkibida "Mashal" akademiyasi tarbiyalanuvchisi o'ynamayotgan bo'lsa. O'z vaqtida bu klubda besh yil faoliyat olib borgandim: 2009 yildan 2014 yilgacha. Bu vaqt oralig'ida "Mashal"ga bir nechta murabbiy va ko'p futbolchilar kelib ketdi. Lekin hali hech kim "Mashal"dan norizo bo'lib ketgan emas. Har holda men qaysidir futbolchining "Mashal" yaxshi jamoa emas, etibor bermas ekan degan gaplarini eshitmaganman. 

Meni bu klubga Bahrom Davlatov taklif qilgandi. O'shanda akademiya allaqachon ishga tushgan, bir qancha bolalar shu erda yotib tahsil olishardi. O'sha paytlari Otabek SHukurov, Eldor SHomurodov kabi bugungi kunda milliy terma jamoamizda to'p tepayotgan futbolchilar yosh bolakaylar edi. Bu yoshdagi bolalarga Dilshod Andaev murabbiylik qilardi. Dilshod aka hozir ham "Mashal"da faoliyat olib boryapti. 

Muborakkaka birinchi borganimdayoq klub asosiy etiborni o'z akademiyasiga qaratishini sezganman. Ayniqsa, klubning o'sha paytdagi vice-prezidenti Bahrom Davlatov bolalarga nisbatan o'ta talabchan bo'lib, akademiyani hech qachon o'z yo'liga tashlab qo'ymagan. Doim murabbiylar bilan gaplashib ularga tegishli ko'rsatmalar berar, bolalarning mashg'ulot va o'yinlarini o'tkazib yubormasdi. Bahrom Davlatov keyinchalik marhum viloyat hokimi Nuriddin Zaynievning topshirig'iga ko'ra "Nasaf"ga yo'l oldi. CHunki "Nasaf"ni ham ko'tarmasa bo'lmasdi. 

Orada bir yil "Mashal"ni Abdujalil Aralov boshqardi. Keyin esa yoshlarga yo'l ochildi va bungacha klub tizimida ishlab kelgan Ilhom Qurbonov bosh direktor etib tayinlandi. Ilhom Qurbonov yosh rahbarlardan biri bo'lishiga qaramay, ishni juda puxta va pishiq olib borishga harakat qiladi. Ammo "Mashal"ning "Mashal" bo'lishida yana bir inson qo'shgan xizmatlarni aslo unutib bo'lmaydi. Bu - klub prezidenti SHermat Jo'raqulovich SHamsiev. 

Bugungi kunda "Muborakneftegaz" zavodi direktori sifatida faoliyat ko'rsatayotgan bu inson nihoyatda oliyjanob va futbolni qattiq sevadigan kishilardan biri. Albatta, bazan ish bilan bo'lib stadionga kela olmasligi mumkin, lekin bo'sh vaqt bo'ldi deguncha "Mashal"ning birorta uy uchrashuvini o'tkazib yubormaydi. Aynan SHermat Jo'raqulovichning say-harakati tufayli klub akademiyasi to'liq tamirdan chiqarildi. Bolalar uchun zamonaviy yotoqxona, oshxona va futbol maydonlari qurib foydalanishga topshirildi. Endi shu yaqin bir oy ichida yangi akademiyaning rasman ochilish marosimini o'tkazish rejalashtirilmoqda. 

To'g'ri, hozir akademiya so'zi biroz mavzudan chiqqan, biz ko'proq bolalar va o'smirlar futbol maktabi deyishga o'tdik. "Mashal"da hozir BO'FM deb yuritiladi, biroq shuncha ishlab akademiya deyishga o'rganib qolar ekansan. Haqiqatan ham "Mashal"ning o'z akademiyasi bor. O'zining maydoni, oshxonasi, yotoqxonasi, yuvinish uchun sharoit, o'quv xonalari, kichik kutubxonasi va boshqa kerakli jihozlari bo'lsa nega endi akademiya deyilmasligi kerak. 

Yaqinda Nodirxo'ja Yuldashev ikkalamiz ish yuzasidan Muborakda bo'lib qaytdik. O'zgarishlar katta. Stadion to'liq tamirdan chiqarilgan. Akademiya yanada zamonaviy ko'rinishga keltirilgan. Ayni paytda "Mashal" BO'FMda katta murabbiy sifatida ishlab kelayotgan Dilshod Andaev klub tarbiyalanuvchilari haqida shunday deydi: "Qo'l ostimizda 2001-2011 yillarda tug'ilgan futbolchilar shug'ullanib kelyapti. Asosiy maqsadimiz "Mashal"ning asosiy tarkibi hamda O'zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalariga yaxshi futbolchilarni etkazib berish. Buning uchun hormay tolmay mehnat qilib kelyapmiz. Bizda "Mashal" yulduz sotib olmaydi, balki yulduzlarni tarbiyalab beradi" degan gap allaqachon shior darajasiga chiqqan". 

"2001-2004 yillar orasida ham muboraklik, ham boshqa joydan kelgan futbolchilar bor. 60 nafar bola shu erda yotib futbol bilan shug'ullanyapti. Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan o'tkazilyapti. 2004 yildan to 2011 yilgacha bolalar soni 250 nafarni tashkil etadi. Bolalar ko'pligidan biz ularni A, B, C shaklida uchta guruhga bo'lganmiz. Hozircha bolalar bilan ishlayotgan murabbiylar soni kamroq: ettita murabbiy ishlayapti. SHu kunlarda darvozabonlar bo'yicha, shuningdek jismoniy tayyorgarlik bo'yicha alohida murabbiy ishga taklif qilmoqchimiz. Umuman olganda bizga yana besh nafar murabbiy kerak". 

"Mashal"dan ketib Toshkentda to'liq ishlay boshlaganimdan so'ng u erda biroz muddat Humoyun Dovurov matbuot kotibi bo'lib ishladi. Undan keyin Bunyod Andaev matbuot xizmati bo'limini qo'lga oldi va hozirgacha yaxshi ishlab kelmoqda. Esimda, Bunyod bir gal menga qo'ng'iroq qilib, aka "Mashal"ga bitta yaxshi shior topishimiz kerak, nima maslahat berasiz degandi. O'shanda xayolimga kelgan ilk fikr shu bo'lgandi: "Mashal - o'zbek futbolida yorqin alanga!" Buni qarangki, birdaniga xayolga kelgan gap klub shioriga aylandi va bundan o'zim ham juda xursandman. 

CHindan ham mashal - bu mashala, ruschasiga aytganda fakel, yani chiroq, alanga degani. Klub nomi bejizga "Mashal" qo'yilmagan. Klub bosh homiysi gazni qayta ishlab chiqarish zavodi bo'lgani uchun ham shunday nom berilgan. Muborak Qarshi bilan Buxoroning o'rtasida joylashgan. Endi cho'lga o'xshagan bir joyda futbol tashkil qilishning o'zi bo'ladimi. Ammo o'tgan yil "Mashal"ni "sindirishdi". Buni oldin ham aytganman, hozir ham aytaman. Jamoa oliy ligada 7-o'rinni olgan bo'lishiga qaramay, nohaqlarcha birinchi ligaga tushirib yuborildi. Sport tamoyillari bilan hech kim hisoblashib o'tirmadi. Superligada jamoalar soni 12ta bo'ladi deyilganidan keyin kimnidir "yo'qotish" zarur bo'lib qoldi. Bechora "Mashal" esa "qurbonlik" vazifasini o'tab berdi. Agar imkoniyat berilganida shu jamoa hartugul "Neftchi"dan yaxshi qatnashmasmidi. 

Mana hozir "Mashal" yana Superligaga qaytishga hozirlik ko'rmoqda. Buning uchun 3 dekabr kuni o'tish o'yinida "So'g'diyona"ga qarshi maydonga tushadi. O'tish o'yini bitta uchrashuvdan iborat, kim yutsa kelasi yil Superligada o'ynaydi. Endi "Mashal" pley-off bosqichidan o'ta oladimi-yo'qmi, bir narsa deyish qiyin. Lekin PFL doim bong urib gapirib kelayotgan licenziyalash talablariga "Mashal" ko'p tomonlama mos keladi. O'zining stadioni, akademiyasi, avtobusi, bazasi, murabbiylari, ishchilari bo'lsa. Qancha odam "Mashal"ning orqasidan oila boqyapti. Mana shularning o'zi licenziya shartlari bajarilayotganidan darak emasmi? Licenziya bu nima? Licenziya bu avvalo odamlarga sharoit yaratib berish degani. Balki "Mashal" Muborakda 200-300 kishini boqayotgandir, axir u erda futboldan boshqa yana nima bor? 

O'tgan yil ham ko'p gapirildi: lekin real olib qarasak hozir qaysi klubda akademiya bor? Faqat "Bunyodkor" bilan "Nasaf"dami? Boshqa jamoalarda shunchaki maktab: bolalar mashg'ulot o'tkazib yana uyga qaytib ketishadi. Qani qaysi jamoaning tarbiyalanuvchisi klub akademiyasida (agar bor bo'lsa!) yotib qolyapti. Qaysi klub o'z futbolchisini o'rta maktabda o'qityapti. Faqat ota-onalar yuguryapti, xolos. Klub esa bolani futbol bilan shug'ullantirish kafilligini olgan. Superligada qaysi klub o'z tarbiyalanuvchilariga uch mahal issiq ovqat, yotish uchun sharoit qilib beryapti? Licenziyalash haqida bong urayotgan PFL mana shu savollarga konkret javob bera oladimi? 

Men "Mashal"da ishlaganim uchun ham u erdagi shart-sharoitni juda yaxshi bilaman. Muborakda har yili taqvim chiqishini orziqib kutishadi. Qachon "Paxtakor", "Bunyodkor", "Lokomotiv", "Nasaf" kabi jamoalar kelarkin deya odamlar kun sanab o'tiradi. CHunki ular kuchli jamoalarni faqat "Mashal" bilan o'zaro o'yinlarda ko'radi. Nega endi bir og'iz gap bilan bitta tuman katta futboldan mahrum qilinishi kerak? Boz ustiga hamma sharoitga ega jamoa bo'lsa. Davlatimiz rahbari doim aytyapti: eng ustuvor vazifamiz odamlarni ish bilan taminlash. Futbolda qachon odamlar ish bilan taminlanadi? Qachonki klub Superligada o'ynasa. 

CHunki Superliga jamoasida asosiy tarkib, o'rinbosarlar tarkibi, bolalar futboli, U-18 jamoasi, futzal va ayollar jamoalari bo'ladi. Bu degani klub nechta odamni boqadi? Bundan tashqari, klubga yangi xodimlar olinadi, stadion ishchilari soni ortadi, oshpaz, haydovchi, bog'bon, maysaga qarovchi, chilangar, duradgor va boshqalarga ish beriladi. Axir ish bilan taminlash shu emasmi? Superligada qatnashganidan keyin klubning yillik byudjeti ham shunga yarasha bo'ladi. Pro ligada o'ynab kim shuncha odamga ish beryapti? Pro ligada "Mashal"ga nisbatan ishchilarm soni ko'p bo'lgan klub bormi? Masalan, men ko'rmadim. Pro ligadagi o'rtamiyona byudjet bilan klub futbolchilariga oylik bersinmi yo ishchilarni boqsinmi. Demak, masalaning bu tomonlariga ham etibor qaratish kerak. 

To'g'ri, "Mashal" shu paytgacha chempion bo'lmagan, Kubokni ham yutmagan, ammo har doim yaxshi futbolchilarni tarbiyalab kelgan. "Mashal" avvalo o'z akademiyasi bilan dong taratgan. Hamma "Mashal"ni akademiyasi borligi uchun hurmat qiladi. CHetda o'ynayotgan legionerlardan SHomurodov ("Rostov"), SHukurov ("SHarja") va Fozil Musaev ("Jubilo Ivata") kabilarning shu darajaga chiqishida "Mashal"ning xizmatlari katta. Ularni o'zbek xalqiga aynan "Mashal" tanitgan desak mubolag'a bo'lmaydi. 

X.Xoliqov, Toshkent - Muborak - Toshkent.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика