So’nggi yangiliklar

05:40Жорже Жезус: "Ғалаба қозонишимиз шарт"  1 05:00Педру Морейра: "Биз орзумизда яшамоқдамиз"  3 04:30Жонатан Лукка: "Ал Ҳилол" катта ном, аммо..."  3 02:10Рэтклифф: "Баъзи футболчиларга керагидан кўп маош тўланяпти"  5 01:27"Ал Садд" ҳам 3та гол уриб, чорак финалга йўл олди  3 01:05ОФК ЭЧЛ. "Ал Насср" йирик ғалаба билан кейинги босқичга йўл олди  25 00:14Куртуанинг 50 ёшли собиқ қиз ўртоғи: "У ўғлига етарлича эътибор бермаяпти"  9 23:56Диёр Холматов: "Дуранг режаси? Йўқ, биз фақат ғалаба учун майдонга чиқамиз"  6 22:49"Манчестер Сити" "Реал" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  4 21:54Озарбайжон. "Сумқайит" йирик ғалабага эришди, Абдихолиқов ва Жалолиддинов учрашувда иштирок этишди  0 21:29"Олтин тўп" учун асосий даъвогар ким?  20 20:48Ар-Риёдга етиб келган "Пахтакор" делегацияси "Реал" яшаган меҳмонхонага жойлашди  28 20:32Россия терма жамоаси Гренадага қарши ўртоқлик ўйини ўтказади — манба  13 20:08Левандовски "Барселона"нинг умумий гуруҳига қайтди  0 19:45U21 биринчилиги. "Шўртан"дан суперкамбэк, "Насаф" сўнгги дақиқада ғалабага эришди ва бошқа натижалар  0

O'zgarayotgan "Arsenal" yoxud Artetaning oldida turgan vazifalar Yangiliklar

O'zgarayotgan "Arsenal" yoxud Artetaning oldida turgan vazifalar

Rasmiy o'yinga yaqin variantda o'tgan bellashuvda "Arsenal" mavsumoldi oxirgi o'yinlarda "CHelsi" (1:2) va "Tottenxem"ga (0:1) imkoniyatni boy berdi.

Bungacha o'tgan bellashuvlardan farqli ravishda bu ikki uchrashuvda "to'potarlar" tarkibi nisbatan kamroq tajribaga uchragandi. Demak, tahlil uchun yaxshi material mavjud — raqiblar evrokubok yo'llanmalari uchun chempionatdagi to'g'ridan-to'g'ri raqobatchilardan. Xo'sh, "Arsenal"ning mavsumga tayyorgarligi qanday o'tdi va jamoadan bu mavsum nimalar kutsa bo'ladi?


Pressing qilish  va to'pni yo'qotiboq kurashga kirishish

Evrokuboklardan "qutilgan" "Arsenal" bor kuchini APLga sarflashi mumkin bo'ladi. Mavsumoldi o'yinlarga etibor beradigan bo'lsak, raqiblarga bosim sezilarli darajada ortadi. To'pni yo'qotgach, agressiv ravishda raqibga bosim uyushtirish "CHelsi" bilan o'yinda ham, "Tottenxem" bilan bellashuvda ham sezildi. Biroq bu yaxshi yo'lga qo'yilgan tizimning ishlashi emas, hozircha faqat ishtiyoq xolos.

Birinchidan, yaxshiroq pressing uyushtirish va kontrpressingga kirish birinchi bo'limlarda o'xshadi. Tanaffusda kerakli ko'rsatmalarni olgan raqib futbolchilarini ikkinchi bo'limda "Arsenal" aksariyat vaziyatldarda pressing bilan cho'chita olmadi. Ikkinchidan, bosim qilishga harakat va jamoaning to'psiz yuqori joylashuvi qarshi hujum xavfini oshiradi. Bu imkoniyatdan Moura va Son ham, Verner va Xavertc ham faol foydalanishdi ("CHelsi"ning birinchi goli).


Jarima maydoni ichidan zarba berish muammosi

London jamoalari bilan bellashuvlarda "Arsenal" birorta hujumini jarima maydoni ichidan yo'llangan zarba bilan yakunlamagani etiborga loyiq. Uillokning "aristokratlar" darvozasiga urilgan, ammo inobatga olinmagan golini va Sakaning "taqachilar" bilan o'yindagi omadsiz zarbasini hisoblamasak...

Bu muammo o'tgan mavsumda ham yo'q emasdi. Yuqori iqtidoriga qaramay, Smit-Rou oxirgi uzatmalarni top darajada amalga oshira olmasligi hech kimga sir emas. Rou balki shuning uchun ham klassik "o'nlikka" xos tarzda markazdan darvoza tomon yo'l izlamay, qanotga o'tib ketishni maqul ko'rar. O'tgan mavsum bu ishni Edegor bajargandi, hozirgi tarkibda boshqa variant ham yo'q.

Muammoni ikki xil usulda hal qilish mumkin. Birinchisi — har o'yin golli uzatmalarni etkazib bera oladigan, hujumchilarga vaziyat yaratib bera oladigan sifatli "o'nlik"ni taklif qilish — Medisson, Edegor, balki, Auar. Ikkinchisi — baland bo'yli yakunlovchi topish, masalan, Temmi Abraxam. Bunday futbolchi markazdagi bo'shliqni, qanotlarga ko'proq urg'u berish va har ikki qanotdan uzatiladigan to'plar bilan yopishi mumkin. Londonga ko'chib o'tishi mumkin deyilgan Lautaro bu rolga mos tushmaydi va katta ehtimol bilan aqlli pleymeykersiz o'z imkoniyatlarini to'liq ko'rsata olmaydi.


Asosiy tarkib va zaxira o'rtasidagi ulkan tafovut

Mo'jiza yuz bermadi. Hech qachon top futbolchi sifatida ko'rilmagan Mari va El-Nenni mavsumoldi tayyorgarlikda tanqidlar ostida qolib ketdi. Bazi o'yinlarda Xolding ham ishonchli o'yin ko'rsata olmadi. Villianga ham savollar etarli. Vaholanki, bugungi holatda aynan shu yigitlar yaqin zaxira hisoblanadi.

"Arsenal" tarkibni tozalash va oylik maosh raqamlarini kamaytirishda yaxshi ishlamoqda. Biroq bu jamoada ichki raqobatni kerakli darajada ushlab qolish uchun etarli bo'lmayapti. Klub bor kamchiliklarni hal qilish bilan ovvora va mavsumga zaxira darvozabonisiz kelmoqda, o'rinbosar "o'nligi" yo'q, markaziy hujumchi chizig'ida ham tushunarsiz holat (Lyakazett va Nketiyaning shartnomasi yakunigacha bir yil qoldi).

SHu vaqtning o'zida jamoada har ikkala qanot himoyasida 3 nafardan futbolchi bor. Villian va Kolashinac birgalikda yiliga deyarli 20 million evro maosh oladi. Natijada, hozircha klubdagi vaziyat quyidagicha: ikki jarohat Mari va El-Nennini aytaylik "Siti" yoki "Liverpul"ga qarshi uchrashuv uchun asosiy tarkib azosiga aylantirmoqda. Bu yoz muammolarni to'liq hal qilish uchun etarli imkoniyat mavjud emas.


Kuchli individual harakatlar

Qiziq savol — Pepe o'tgan mavsum oxirida bo'lgani kabi sport formasini ushlab tura oladimi? Mavsumoldi uchrashuvlar Nikolyani bunga qodirligiga ishora bermoqda. Gollar yomg'iri bo'lmagan bo'lsa-da, ivuarlik jamoadoshlari harakatlarini inobatga olib, kerakli joyda driblingni ishga solishni, shunchaki raqibga bosim uyushtirish emas, ongli dadil pressingga o'tishni uddaladi va umuman olganda, maydonda ajralib tura oldi.

Hujumkor yarim himoyachi rolida Smit-Rou zarur vaqt qanotlarga o'tib, munosib darajada harakat qila oldi. Bir qarashda yosh futbolchi o'tgan mavsumdagidan ham ishonchliroq harakat qilmoqda. Futbolchi mushaklarida og'riq sezmagani va jarohat olmagani ham muxlislarni xursand qilgani bor gap. Agarda klub hujumkor yarim himoyachi xarid qiladigan bo'lsa, yosh Emil ko'proq qanotga tushirilsa ajab emas. Nima bo'lgan taqdirda ham, jamoa "o'nligini" og'ir mavsum kutib turgani aniq.

Ben Uayt "Tottenxem" bilan yaxshi o'yin o'tkazdi va ikki bor fantastik tarzda "Arsenal"ni "CHelsi"ga qarshi to'qnashuvda qutqarib qoldi. Bu qadar yorqin o'yinni yangi kelgan futbolchi uchun odatiy ishtiyoqqa yo'yish mumkin, lekin markaziy himoyachi shu kuni so'nggi ikki yildagi eng yaxshi hislatlarini namoyon eta oldi. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, to'liq moslashuv jarayonidan keyin Ben jamoaviy bosimdagi kamchiliklarni "yopib", himoyadan chiqishni tezroq va nostandart bo'lishini taminlashi kutilmoqda.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика