So’nggi yangiliklar

18:18Аморим Рэшфордга чиқиш эшигини кўрсатмоқда: МЮ уни "Реал"га таклиф қилди   0 17:51Жароҳатдан кейинги катта сакраш: "Барселона" ёш истеъдод учун курашмоқда  2 17:23Фабрегас Моратани "Комо"га таклиф қилмоқчи  2 16:56Кореяда хорижлик дарвозабонларга қўйилган тақиқ бекор қилинди  1 16:29Умиджон Эргашев: "ОКМК билан ўйинда бизни ғалабадан бошқа натижа қониқтирмайди"  1 16:00Элдор Шомуродовнинг Туркияга йўл олиши футболчининг фойдасига ишлайдими ёки зарарига?  10 15:44Кумир билан учрашув: Ямаль Бразилияда Неймар билан бирга футбол ўйнади  3 15:19Ғолиб номи аниқланмаган "Андижон" – "Қизилқум" беллашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 14:55Наримон Аҳмаджонов: "Мураббий ишончини бор кучим билан оқлашга ҳаракат қиляпман"  1 14:33Райс, Бруну, Салоҳ... ПФА АПЛда йилнинг энг яхши футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  7 14:05"8 сония" қоидаси биринчи марта КЖЧда қўлланди  4 13:34"Биз у билан яна боғланамиз". Мареска Мудрикнинг дисквалификациясига изоҳ берди  0 13:08Эрнан Креспо "Сан-Паулу" бошқарувига қайтди  0 12:40Қозоғистонлик депутат: "Қозоғистон ўз камчиликлари устида ишлаши ва бошқаларнинг муваффақиятидан сабаб изламаслиги керак"  4 12:14Ўзбекистон аёллар миллий терма жамоаси ўқув-машғулот йиғинига киришмоқда  1

O'zbekistonning Osiyo o'yinlarida qayd etgan natijalari Yangiliklar

O'zbekistonning Osiyo o'yinlarida qayd etgan natijalari

Xabaringiz bor, 14 sentyabr kuni Janubiy Koreyaning Incheon shahrida Osiyo o'yinlari start oladi.
Ushbu musobaqa oldidan terma jamoamiz oldiga chempion bo'lish vazifasi qo'yilgani barchaga ayon. Biz O'zbekistonning shu paytga qadar Osiyo o'yinlarida qanday natijalar qayd etganini eslatib o'tishni joiz deb topdik.

Xirosimada bo'lib o'tgan 1994 yilgi Osiyo o'yinlarini barcha yaxshi eslaydi. Termamiz ilk urinishdayoq musobaqada tengsiz bo'lgan va oltin medallarga ega chiqqandi. O'shanda guruhda Saudiya Arabistoni, Malayziya, Gonkong va Tailand taslim qilingan. CHorak finalda Turkmaniston, yarim finalda Janubiy Koreya to'sig'idan o'tilgan. Hal qiluvchi final bahsida Xitoy mag'lub etilgan - 4:2.

1998 yil musobaqaga Tailandning Bangkok shahri mezbonlik qilgan. Birinchi guruh bosqichida Mo'g'uliston (15:0) tor-mor etilgan. Quvayt bilan durang o'ynaganmiz (3:3). Ikkinchi guruh bosqichida KXDR va Hindiston mag'lub etilgan, Turkmaniston bilan durang qayd etilgan. CHorak finalda Eron bizni 4:0 hisobida taslim qilgan.

2002 yil Janubiy Koreyaning Pusan shahrida tashkil etilgan Osiyo o'yinlari biz uchun juda yomon tarzda yakunlangan. Termamiz guruh bosqichida Bahrayn va Yaponiyaga yutqazib qo'ygan. Falastin ustidan qozonilgan g'alaba esa keyingi bosqichga chiqish uchun etarli bo'lmagan.

To'rt yil o'tib Qatar poytaxti Doha shahrida bo'lib o'tgan musobaqada Rauf Inileev boshchiligidagi O'zbekiston termasi ishtirok etgan. Guruhda BAA, Qatar va Iordaniya taslim qilingan. Yuz foizli natija ko'rsatgan termamiz musobaqada g'oliblik uchun bosh davogarlar sifatida ko'rilgandi. Biroq chorak finalda Iroqqa qarshi kechgan bahsda vakillarimiz qo'shimcha taymlarda imkoniyatni boy berib qo'yishgan. O'sha o'yinda malayziyalik hakam Krishnan Ramachandran "bosh qahramonlardan" biri bo'lgandi.

2010 yil Guanchjou (Xitoy) shahridagi musobaqada Ahmad Ubaydullaev boshchiligidagi O'zbekiston termasi ishtirok etgan. Guruhda Bangladesh mag'lub etilgan. Gonkong va BAAga yutqazib qo'yganmiz. 3 ochko to'plagan jamoamiz guruhda uchinchi o'rin bilan musobaqadagi yurishini davom ettirgan. 1/8 finalda qo'shimcha vaqtlarda Qatar mag'lub etilgan (1:0). CHorak finalda Janubiy Koreya bilan kuch sinashganmiz. Qo'shimcha vaqtlarda koreyslar 3:1 zafar quchishgan.

Bu yil Mirjalol Qosimov boshchiligidagi jamoamizdan barcha qatori biz ham chempionlikni kutamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика