O'zbekistonning guruhdoshi Qatar U-23 Osiyo Kubogi oldidan Iordaniya bilan durang o'ynadi
27 may 2022 16:01
Yangiliklar


O'zbekistonning guruhdoshi Qatar U-23 Osiyo Kubogi oldidan Iordaniya bilan durang o'ynadi
Qatar U-23 termasi Qatarning Al Vakra shahrida joylashgan "Al Janub" stadionida Iordaniya U-23 jamoasi bilan bahs olib bordi.
9-daqiqada Qatar futbolchisi Hoshim Ali hisobni ochgan bo'lsa, 20-daqiqada Iordaniya azosi Muhammad Abu Razoq muvozanatni tikladi. SHu tariqa, o'rtoqlik o'yinida 1:1 hisobi qayd etildi.
Malumot uchun, Qatar o'quv-yig'in mashg'ulotlarini 21 mayda boshlagan va u 28 maygacha davom etadi.
Eslatib o'tamiz, Qatar olimpiya terma jamoasi O'zbekistonda o'tadigan U-23 Osiyo Kubogida "A" guruhida O'zbekiston, Turkmaniston hamda Eron bilan bir guruhdan joy olgan.
Iordaniya olimpiya termasi esa "B" guruhida Avstraliya, Kuvayt va Iroq bilan to'qnash keladi.
U-23 Osiyo chempionati. Qaysi stadionda qaysi o'yinlar bo'ladi?
O’xshash yangiliklar

Fikrlar