So’nggi yangiliklar

10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  1 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  2 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  1 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  10 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  4 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  10

O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston Gruziyaga kichik hisobda mag'lubiyatga uchradi Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston Gruziyaga kichik hisobda mag'lubiyatga uchradi

FIFA kunlari doirasidan o'rin olgan Gruziya - O'zbekiston uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi. 

15.11.2021. Gruziya.  "Tengiz Burjanadze" stadioni  19:00

Gruziya - O'zbekiston 1:0 (TUGADI)

Hakamlar: Vitaliy Romanov, Semen SHlonchak, Valentin Kucev

Gol: Davit Volkov 41, 1:0

Gruziya: 17. Lazare Kupatadze, 2. Otar Kakabadze, 4. Guram Kashia, 3. Davit Xocholava, 9. Zuriko Davitashvili (Tornike Okriashvili),15. Irakliy Azarov, 16. Nika Kvekveskiri, 21. Vako Gviliya (Georgiy Aburjania, 70), 11. Saba Lobjanidze ( Giorbelidze, 86), 8. Vako Kazaishvili (Xvicha Kvaracxeliya, 60), 20. Davit Volkov ( Georgiy Citiashvili, 70)

Zaxira: Loria, Gugeshashvili, CHabradze, Mamuchashvili, Dvali, Katcharava, 

O'zbekiston: 12. O'tkir Yusupov, 4. Farruh Sayfiev, 2. Islom Qobilov, 18. Abdulla Abdullaev, 5. Davron Hoshimov (3. Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 46) 7. Otabek SHukurov, 8. Ikrom Aliboev ( 6.Aziz G'aniev, 46), 9. Odil Hamrobekov, 10. Jaloliddin Masharipov, 17. Doston Hamdamov ( Xojimat Erkinov, 61), 10. Eldor SHomurodov ( 21. Igor Sergeev, 78)

Zaxira: Eldor Suyunov, Valijon Rahimov, Marlen CHobanov, Abbos Otaxonov, Abror Ismoilov, Islom Kenjaboev

Ogohlantirish: Guram Kashiya, 59, Otabek SHukurov 82

CHetlatish: Irakliy Azarov, Farruh Sayfiev 84


YANGILASH


90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

86. O'ZGARISH. Gruziya, Saba Lobjanidze o'rniga Guram Giorbelidze tushdi. 

84. CHETLATISH. Bosh hakam Gruziya futbolchisi Irakliy Azarov va O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi Farruh Sayfievni maydondan chetlatdi. 

83. ZARBAAAAAAA. Xvicha Kvaracxeliyaning zarbasi darvoza to'siniga tegdi. 

82. OGOXLANTIRISH. O'zbekiston, Otabek SHukurov

78. O'ZGARISH. O'zbekiston, Eldor SHomurodov o'rniga Igor Sergeev tushdi. 

70. O'ZGARISH. Gruziya, Vako Gviliya o'rniga Georgiy Aburjania, Davit Volkov o'rniga Georgiy Citashvili tushdi. 

67. Okriashvilining zarbasi juda kuchli chiqdi. 

61. O'ZGARISH. O'zbekiston, Doston Hamdamov o'rniga Xojimat Erkinov tushdi. 

60. O'ZGARISH. Gruziya, Zuriko Davitashvili o'rniga Tornike Okriashvili, Vako Kazaishvili o'rniga Xvicha Kvaracxeliya tushdi. tushdi. 

59. OGOHLANTIRISH. Gruziya, Guram Kashiya

55. Zaxiradan maydonga tushgan Ibrohimhalil Yo'ldoshev tezligidan foydalanishga intilyapti. Hujumlarni boshlashda ancha faol.

48. Terma jamoamiz to'p nazoratini qo'lga olmoqda. Vaziyatlar yaratishga harakat qilmoqda. 

46. O'ZGARISH. O'zbekiston, Davron Hoshimov o'rniga Ibrohimhalil Yo'ldoshev,  Ikrom Aliboev o'rniga Aziz G'aniev tushdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

45. Birinchi bo'lim yakunlandi. 

43. O'tkir Yusupovdan yana bir seyv. Raqib hujumchisining zarbasini Yusupov qaytarib yubordi. 

41. GOL. Markaziy himoyadagi xatodan Davit Volkov unumli foydalanib hisobni ochdi. Abdulla Abdullaev unga qarshilik ko'rsatishda xato qildi. 

36. Jaloliddin Masharipovning zarbasi jonli devorga tegib qaytdi.

36. Jaloliddin Masharipovga nisbatan jarima maydonchasi chizig'i ustida qo'pollik ishlatildi. To'p juda qulay nuqtada. 

33. Terma jamoamizda keskin vaziyat. Eldor SHomurodov tezlik bilan oldinga o'tdi. Yakuniy zarbani darvozabon qaytarib qoldi. 

31. Doston Hamdamov bu safar chap qanot o'tkir burchakdan zarba yo'lladi. Biroq noaniq.

26. Doston Hamdamov tezkorlik bilan oldinga o'tib zarba berdi. Lazare Kupatadze to'pni osonlikcha ushlab oldi. 

24. Zuriko Davitaishvilining zarbasini O'tkir Yusupov qaytarib qoldi. Yusupovdan seyv. 

23. Gruziyadan yana bir xavfli hujum. Vako Kazaishvilining zarbasi Islom Qobilovning elkasiga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi. 

13. Gruziyadan navbatdagi hujum. Saba Lobjanidzening zarbasini O'tkir Yusupov ushlab oldi. 

7. Terma jamoamiz hujum tashkil qildi. Jaloliddin Masharipov-Ikrom Aliboev kombinaciyasini Eldor SHomurodov zarba bilan yakunlashni uddasidan chiqdi. Birinchi hujum yomon emas. 

2. Gruziyaning ilk hujumi samarasiz chiqdi. Himoyachilarimiz yakkama-yakka kurashda ustun chiqib xavfni bartaraf etishdi. 

O'yin boshlandi. 

- Uchrashuv 19:00da boshlanadi.

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика