O'zbekistonlik o'yinchi Rossiya klubi taklifini qabul qildi
01 iyu 2016 17:59
Yangiliklar
O'zbekistonlik o'yinchi Rossiya klubi taklifini qabul qildi
FIFA virtual futbol o'yini bo'yicha O'zbekistonning bir necha karra chempioni Abdusapi Qayumov Rossiya klubi taklifni qabul qildi.
IFVPA yani 11x11 (bir vaqtning o'zida 22 ishtirokchi o'yinda ishtirok etadi) rejimidagi turnirlarda ishtirok etuvchi "FK TEMA" jamoasi hamyurtimizni o'z safiga qo'shib oldi. Ushbu rejim kundan-kunga ommalashib boryapti va tez orada bu yo'nalishda yangi yirik turnirlar tashkil etilishi mumkin. Abdusapi Qayumov hozirgacha 3 turnirda 14 ta uchrashuvda qatnashishga ulgurdi va gol+pass tizimida 12 ochko jamg'arishga erishdi.
"FK TEMA" sentyabr oyida Evropa klublari bilan CHempionlar ligasi turnirida ishtirok etishni rejalashtiryapti. Kibersportchimiz kecha yangi rejimda o'z faoliyatidagi birinchi sovrinni qo'lga kiritdi. U hujumkor markaziy yarim himoyachi rolini bajarmoqda. Bu yo'nalishda ham kibersportchimizga omad tilaymiz.

O’xshash yangiliklar
09:20
"FarDU" ikkinchi davrada Superliganing bir nechta futbolchisi bilan shartnoma imzolashi mumkin 1
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar