O'zbekistonlik Olim Arifov OCHL saralashidan o'rin olgan uchrashuvda komissar sifatida ishlaydi
11 fev 2019 18:28
Yangiliklar


O'zbekistonlik Olim Arifov OCHL saralashidan o'rin olgan uchrashuvda komissar sifatida ishlaydi
Xabaringiz bor, ertaga 12 fevral kuni Osiyo chempionlar ligasi saralashidan o'rin olgan uchrashuvda yurtimiz sharafini Olmaliqning AGMK va Toshkentning "Paxtakor" jamoalari himoya qilishadi.
AGMK Tojikistonning "Istiqlol" jamoasiga qarshi bahs olib borsa, "Paxtakor" Iroqning "Eyr Fors" jamoasi bilan kuch sinashadi.
SHuningdek, ertaga Osiyoning boshqa mamlakatlarida ham OCHL saralash o'yinlari o'tkaziladi. Jumladan, Taylandda "CHiangray Yunayted" jamoasi Myanmaning "Yangon Yunayted" jamoasi bilan kuch sinashadi. Mazkur o'yinda o'zbekistonlik Olim Arifov komissar sifatida ish olib boradi.
Malumot uchun, Olim Arifov o'tgan yili Rossiyada bo'lib o'tgan Jahon chempionati o'yinlarida ham komissar sifatida ishlagan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar