So’nggi yangiliklar

01:57Ўзбекистон терма жамоаси янги мураббий қўл остида илк машғулотини ўтказди  2 00:49Мбаппе жароҳат сабаб Франция терма жамоаси билан машғулот ўтказмади  0 00:18Рональд Куман Натан Аке "Ман Сити"ни тарк этиши лозимлигини айтди  0 23:47Жейми Каррагер: "Аморимнинг янги йилгача ишдан хайдалиши муқаррар"  2 23:20Шенсни "Барса"га ўтишни хоҳламаганини ва бунга уни рафиқаси мажбур қилганини айтиб берди  2 22:47Миллий жамоанинг Каннаваро қўл остидаги бугунги машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  5 21:50Ямал "Реал"га қарши ўйнаши кутилмоқда  0 21:25"Арсенал" ва Райя ваниҳоят янги келишувга эришишди  1 20:55Жорди Альба мавсум якунида футболчилик фаолиятини якунлашини эълон қилди  3 20:23Гаттузо Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоасига тайинлангани ҳақида гапирди  15 19:58Хаби Алонсо "Реал"дан Вирцни кузатишни сўради  5 19:35Дракслер: "Қатарда нормал ҳаёт кечиришим мумкин..."  9 19:09"Арсенал" "Эмирейтс" стадионини кенгайтирмоқчи  0 18:42Лэмпард қўл остидаги "Ковентри" Чемпоиншипда пешқадамлик қилмоқда  1 18:13Петер Шмейхель: "Биз ўйнаган даврда жамоага мавсумда 10 очко келтиришимиз кутиларди, сўнгги йилларда бунинг аксига ўрганиб қолдик"  0

"O'zbekistonlik Neymar" SHohruz Norxonov 27 yoshga to'ldi Yangiliklar

"O'zbekistonlik Neymar" SHohruz Norxonov 27 yoshga to'ldi

Bugun Jizzaxning “Sug'diyona” jamoasi futbolchisi SHohruz Norxonov tavallud kunini nisholamoqda.

Iqtidorli futbolchi dastlab futbolga qadamni Toshkentda “Istiqlol” jamoasidan boshladi. Uning muxlislarga va omma etiboriga tanitgan klub “Obod” hisoblanadi. U mazkur jamoa tarkibida quyi ligalarda chiroyli o'yinlarni ko'rsatdi. 2016 yil jamoasi bilan elitaga chiqqan Norxonov o'z iqtidorini namoyish qilishda davom etdi. O'zining chaqqon harakatlari tezkor fintlari va driblinglari bilan tez orada "o'zbekistonlik Neymar" deya atala boshladi.

Raqib jarima maydonchasi ichida sovuqqon harakatlari bilan himoyachilarga bosh og'riq bo'ladigan hujumchi 2017 yilning ikkinchi davrasida “Bunyodkor” jamoasiga transfer qilindi. O'shanda futbolchiga poytaxtning yana bir jamoasi “Paxtakor” ham qiziqish bildirgani rost gap. Yarim yilni “qaldirg'ochlar” safida o'tkazgan Norxonov jamoaga moslashishda qiynalgan bo'lsada bir qator gollari bilan g'alabalarga munosib hissa qo'shdi. Jamoa bilan O'zbekiston kubogi finaliga qadar etib bordi. Maxoratli forvard terma jamoaning o'sha vaqtdagi ustozi Samvel Babayanni nazariga tushdi va Turkiyadagi yig'inga taklif qilindi.


2018 yil “Sug'diyona” boshqaruvini qo'liga olgan mutaxassis Aleksandr Mochinov Norxonovni jamoasiga jalb qildi. Jizzaxliklar safida bir yilni ijarada o'tkazdi va 2019 yilda butunlay ko'chib o'tdi. Ushbu jamoadagi o'yinlari sabab joriy yilda fevral oyidagi terma jamoaning yig'iniga chaqirildi.

Umid qilamizki bundan keyin ham klub va terma jamoa miqyosidagi bellashuvlarda ko'plab gollar urib muxlislarni xursand qilishda davom etadi.

Saytimiz xodimlari nomidan SHoxruz Norxonovga samimiy tilaklarimizni bildrib qolamiz va mustahkam sog'lik, faoliyatida katta yutuqlarga ega chiqishini tilaymiz!


Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика