O'zbekistonlik mutaxassis BAAdagi seminarda instruktorlik qilmoqda
11 jan 2021 21:37
Yangiliklar


O'zbekistonlik mutaxassis BAAdagi seminarda instruktorlik qilmoqda
Ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklari futbol associaciyasi tomonidan (Video Assistant Referee) video yordamchi hakamlarni tayyorlash boʼyicha nazariy-amaliy seminar bo'lib o'tmoqda.
Etiborli jihati mazkur seminarga o'zbekistonlik FIFA va OFK instruktori Farhod Abdullaev yo'riqchilik qilmoqda.
SHuningdek hamyurtimizga Saudiya Arabistonidan Ali Al Traifi va shveytsariyalik mutaxassis Manuel Navvaro ko'maklashmoqda.
Amaliy mashg'ulotlar BAA FA maydonida hamda teoriya darslari esa Intercontinental Dubai Festival City mehmonxonasida 66 nafar hakam uchun tashkil etilyapti.
Seminar qatnashchilari dolzarb mavzularda, hususan jarima maydonchasidagi qoida buzishlar, ofsayd, taktik qoida buzarliklar bo'yicha o'z malakalarini oshirmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar