O'zbekistonlik hakamlar Osiyo kubogining 1-turiga tayinlov olishdi
13 jan 13:36
Yangiliklar
O'zbekistonlik hakamlar Osiyo kubogining 1-turiga tayinlov olishdi
Qatar maydonlarida o'tkazilayotgan Osiyo kubogi musobaqasining “D” guruhi 1-turi doirasidagi Indoneziya – Iroq o'yinida Ilgiz Tantashev (bosh hakam), Andrey Capenko (yordamchi hakam) va Timur Gaynullin (yordamchi hakam) hakamlik qilishadi. SHuningdek, ushbu uchrashuvda zaxira hakami sifatida tojikistonlik Gulmurodi Sadullo, VAR Salmon Ahmad Falahi (Qatar) hamda AVAR Sivakorn Pu-Udom (Tailand) ishlashadi.
Mazkur bahs 15 yanvar kuni soat 19:30 da (Toshkent vaqti bilan) Al Rayyan shahridagi “Ahmad bin Ali” stadionida o'tkaziladi.
Osiyo kubogi | “D” guruhi, 1-tur
INDONEZIYA – IROQ
15.01.2024 | 19:30
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev (O'zbekiston)
Qanot hakamlari: Andrey Capenko, Timur Gaynullin (ikkalasi O'zbekiston)
Zaxira hakami: Gulmurodi Sadullo (Tojikiston)
VAR: Salmon Ahmad Falahi (Qatar)
AVAR: Sivakorn Pu-Udom (Tailand)
Hakamlarimizga mazkur o'yinda omad tilab qolamiz.
Hakamlarimiz Osiyo kubogida: kim nechta o'yinda ishlagan?
Indonesia Marselino Ferdinan - 37' |
Asian Cup Grp. D . 1-tur 15/01/2024, 19:30 3
:
1
Tugadi
|
Iraq Mohanad Ali - 17', Osama Rashid - 45', Ayman Hussein - 75' |
Stadion: Ahmed bin Ali Stadium, 16532 tomoshabin
Fikrlar