O'zbekistonlik hakam futzal bo'yicha Osiyo Kubogida ishlaydi
27 sen 2022 17:56
Yangiliklar


O'zbekistonlik hakam futzal bo'yicha Osiyo Kubogida ishlaydi
Bu haqda O'zPFL matbuot xizmati xabar berdi.
"Anatoliy Rubakov qitaning etakchi hakamlari orasida Kuvaytdagi futzal bo'yicha Osiyo Kubogida faoliyat olib boradi", – deyiladi O'zPFL bergan xabarda.
Malumot uchun, Rubakov Oliy liga 2021/22 yilgi mavsumida 32 ta o'yinda faoliyat yuritdi. U bir necha yillardan buyon OFK tasnifidagi turli musobaqalarda referi sifatida ishlab keladi.
Eslatib o'tamiz, bugun O'zbekiston terma jamoasi nufuzli turnirdagi ishtirokini boshladi. Vakillarimiz 1-turda Turkmanistonni yirik hisobda taslim qilishdi.
O’xshash yangiliklar
16:12
O'zbekiston U-18 terma jamoasi Dohada "Aspire" akademiyasiga qarshi nazorat bahslarida qatnashadi 2

Fikrlar