So’nggi yangiliklar

16:20"Шўртан" бугун 10 йиллик "қора анъана"га чек қўядими?  0 15:58ПСВ "Манчестер Юнайтед" футболчисини сотиб олмайдиган бўлди  1 15:21Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди  6 14:53Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин  0 14:28"Атлетик" собиқ президенти: "Уильямс биз учун ўйнашни истамаяпти"  4 13:45Луис Энрике: "Интер Майами"нинг даражаси умуман бошқача"  4 13:21Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас"  3 12:50Маскерано: "Биз бу ўйинда аутсайдермиз"  6 12:14Бруну Лаже "Челси"дан учралган мағлубиятга изох берди  0 11:52Рейна ўз давридаги энг кучли дарвозабонларни санади  11 11:25Энцо Мареска: "Челси" сўнгги ойдаги энг зўр ўйинини ўтказди"  2 10:43МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди  0 10:10“Челси“ “Боруссия Д“ футболчисини сотиб олишга яқин  2 09:38Нико Уильямс “Барселона“га талаб қўйди  13 09:05Суперлига. Бугун 14-тур давом эттирилади  5

O'zbekistonlik futbolchini Qirg'izistonda 1000 dollar beramiz deb qanday aldashdi? Yangiliklar

O'zbekistonlik futbolchini Qirg'izistonda 1000 dollar beramiz deb qanday aldashdi?

O'zbekistonlik hujumchi Alisher Azizov qisqa muddat Qirg'izistonning "Olg'a" klubida faoliyat olib bordi.

Futbolchi "Futbol Ekspress" gazetasiga intervyu berdi. Quyida ushbu intervyuning asosiy joyini taqdim etamiz.

"Bilasiz "Dordoy" jamoasida o'ynadim. Ushbu jamoa murabbiyi meni "Olg'a"ga chaqirdi. O'sha murabbiyning gapiga ishonib "Olg'a" bilan shartnoma tuzdim. Ammo o'zaro kelishuvga ko'ra men ularning og'zaki gaplariga ishongandim va shunga asosan shartnomaga qo'l qo'ygandim. Men shartnomada arzimagan 50 dollar oylik maoshga qo'l qo'ygandim. Bir so'z bilan aytganda, klub menga nisbatan professional ish tutmadi. U erda menga begona bo'lgan odamlar bo'lganida albatta quruq gaplari uchun shartnoma tuzmasdim. Bosh murabbiy va klub rahbariyatiga ishlagan odam bilan "Dordoy"da birga ishlaganmiz.

Hech kimga shikoyat qila olmayman. CHunki shartnomada yozilgan pulni oldim. 50-60 dollar atrofida. Bir marta 200 oldim bo'ldi. Hisoblab chiqsam uch oyga 200 dollar olibman (kuladi). Boshqa pul olmadim.

Ular bilan og'zaki ravishda 1000 AQSH dollariga kelishgandik", - deydi Alisher Azizov "Futbol Ekspress" gazetasiga.  


Reyting: -49   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика