So’nggi yangiliklar

14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  1 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  3 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   17 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0 11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  6 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  20 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  1 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  7

O'zbekistonlik futbolchilarning Italiyadagi dastlabki kunlari Yangiliklar

O'zbekistonlik futbolchilarning Italiyadagi dastlabki kunlari

Bir hafta davomida Abruccoda o'quv yig'in mashg'ulotlarini o'tkazgan "Odil Junior Carpi" jamoasining birinchi bosqichi tayyorgarliklari o'z yakuniga etib, klub azolari bugun Milanga yo'l oldilar.

Abruccoda ikkita o'rtoqlik o'yinida maydonga tushgan hamyurtlarimiz, g'alabaga erishdilar. Ularning biri biroz kuchsizroq, "Montonero" jamoasi bo'ldi. Unda 0:6 hisobi qayd etildi. Ikkinchi "Karpi"ning Abruccodagi filiali, "Futuro" klubiga qarshi kechdi. Unda 6:2 hisobida o'zbekistonlik yosh futbolchilar g'alaba qozondilar.

"Montonero" - "Odil Junior Carpi" 0:6
"Futuro" - "Odil Junior Carpi" 2:6

"Jamoani kelishi bilan kuchli raqiblarga qarshi qo'ya olmasdik. CHunki  ularda dastlabki hayajon bo'ladi. SHuning uchun avval ularni bu erga ko'niktirib, keyin bosqichma-bosqich kuchli raqiblarga qarshi o'ynatish kerak bo'lardi. O'ylaymanki, Aruccodagi mashg'ulotlar va ikkita nazorat o'yini ular uchun ko'nikish bosqichini o'tab bera oldi. Endi Milanda 4ta jiddiy jamoaga qarshi bahs olib boriladi, butun Abruccoda hozir o'zbekistonliklarni ikkita o'yini haqida gapirishayapti. Avvaliga ular "Odil Junior Carpi"ni yirik hisobda yutish mumkin deb o'ylagandilar, endi  esa o'zbek futbolini o'z ko'zlari bilan ko'rdilar. Navbat Milanga", - deydi Ilyos Zeytullaev.



5 kun davomida "Karpi" jamoasining instruktor murabbiyi, "Atlektiko Kupello" klubi rahbari Loris Karbonelli bilan mashg'ulot o'tkazgan o'zbekistonlik yoshlarning xatti-harakatlari, "Karpi" skautlarini hayratda qoldirdi deb aytsak mubolag'a bo'lmaydi.


"Odil Junior Carpi" haqidagi telegram kanalga obuna bo'ling: Odiljuniorcarpi

"9 nafar futbolchidan to'rt nafarini o'zimizga qayd etib qo'ydik. Endi ularni 2018 yil yana bir bor nazoratdan o'tkazamiz. Hali faoliyat boshlaganiga bir yil bo'lmagan klubni, oz fursat ichida bunday o'yinga olib chiqish, Italiyada ham qiyin ish hisoblanadi. O'zbekistonlik futbolchilarning individual mahorati kuchli bo'lishi bilan birga, jamoaviy o'yin shakillanganligi bu yoshda meni lol qoldirdi. SHuning uchun men qo'rqmay jamoaga 11-12 yoshli futbolchilarga qo'llanadigan dasturni ham berib ko'rdim, menga qiziq bo'lgani shu-ki, ular 5 daqiqa ichida bu "programma"ni ham o'zlashtira olishgani. O'zbek futboli haqida tasavvurga ega bo'ldik, endi bu jamoaga moslangan metodikani ishlab chiqamiz. Mart oyida, bu erga kela olmagan futbolchilarni ham nazoratdan o'tkazishimiz kerak, buning uchun Italiyadagi eng kuchli murabbiylaridan ikki nafarini O'zbekistonga safarbar etamiz", - deydi Loris Karbonelli.


"Odil Junior Carpi"ning 2007/2008 yillarda tavallud topgan futbolchilari murabbiylari, Jahongir Usmonov va Zayniddin Tojiev uchun bu safar haqiqiy maktab vazifasini o'tadi deb aytsak bo'ladi. Kuchli beshlik vakili bo'lgan mamlakatda malakali murabbiylar bilan 1 haftalik mashg'ulotlarni birgalikda o'tkazishning foydasi boshqacha bo'ladi. Bu bilan bolalar evropada, evropalik mutaxassis qo'l ostida shug'ullanishsa, murabbiylar amaliyotni o'taydilar. Aynan shu yo'sindagi ish uslubini o'zbek klublari keng suratda foydalansalar maqsadga muvofiq bo'lar edi.

"Abruccoda shogirdlarim bilan O'zbekiston futbolini asl kuchini ko'rsata olganimizdan xursandman. Endi Milanda xudo yuzimizni yorug' qilsa, yana bir bor o'zimiz haqimizda ilq fikrga ega bo'lishlariga zamin yaratgan bo'lardik. SHahsan menga natija muhim emas, muhimi bizning futbolchilar nimalarga qodirligini ko'rishsin. SHuning uchun ham eng sara shogirdlarimizni olib keldik. Biz bu bolalar bilan ularni qiziqtira oldik, endi bundan biroz oqsayotgan bolalar ham foydalanadilar, sababi "Karpi" biz bilan jiddiy ishlaydigan bo'ldi va har bir saviyadagi futbolchilar uchun kerakli dasturlarni ishlab chiqishi biz uchun quvonarli. Ishlashda davom etamiz, kuchli beshlikda Ilyosdan keyingi ikkinchi futbolchini tarbiyalash asosiy vazifamiz bo'ladi", - deydi o'z texnikasi bilan nom qozongan Zayniddin Tojiev.


4-7 dekabr kunlari "Odil Junior Carpi" jamoasi Milanda bo'ladi. 5-6 dekabr kunlari ikki kunlik blic turnir orqali ularning mahoratiga yana bir bor baho berib olish imkoniyatiga ega bo'lamiz.

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика