O'zbekistonlik darvozabon - Maldiv chempioni bo'ldi
30 noy 2015 11:41
Yangiliklar


O'zbekistonlik darvozabon - Maldiv chempioni bo'ldi
“Nyu Radiant” klubi sharafini himoya qilib kelayotgan tajribali darvozabon Alisher Ahmedov muddatidan avval Maldiv chempionati g'olibi bo'ldi.
Maldiv chempionati chorshanba kuni o'z yakuniga etadi. Ahmedov va uning jamoadoshlariga so'nggi tur natijasidan qatiy nazar taqibchilar ochkolar bo'yicha eta olishmaydi. 2012 yilgi mavsumdan beri chempionat oltin medallarini qo'lga kiritib kelayotgan “Nyu Radiant” bu safar ham yoqimli ananani davom ettirdi.
Butun mavsum davomida barcha uchrashuvlarda darvozani munosib tarzda qo'riqlagan hamyurtimiz jamoasining g'alabasiga ulkan xissa qo'shdi. Alisher Ahmedov faoliyati davomida “So'g'diyona”, “Uz Dong Ju”, “Nasaf”, “Neftchi”, “Registon”, “Gefest” (Qarag'anda, Qzog'iston) jamoalari sharafini himoya qilgan.
So'nggi tur oldidan Ahmedov jamoasi “Maziyani” klubini 3:1 hisobida mag'lub etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar