O'zbekistonlik birinchi ayol komissar o'smir qizlar o'rtasidagi musobaqadan taklif oldi
28 may 2014 12:27
Yangiliklar
O'zbekistonlik birinchi ayol komissar o'smir qizlar o'rtasidagi musobaqadan taklif oldi
O'zbekistonlik birinchi ayol komissar – Svetlana Saakova OFK bayrog'i ostida tashkil etiladigan o'smir qizlar o'rtasidagi mintaqaviy chempionatda komissarlik qiladi.
10-15 iyun kunlari Vetnamning Xoshimin shahrida 14 yoshgacha bo'lgan o'smir qizlar o'rtasida ASEAN mintaqasi chempionati bo'lib o'tadi. Musobaqaning A guruhida Vetnam, Singapur, Filippin va Kamboja, V guruhida esa Tailand, Myanma va Malayziya terma jamoalari ishtirok etadi.
Ushbu musobaqa O'zPFL mutaxassis hisoblangan Svetlana Saakova uchun xalqaro o'yinlardagi ilk komissarlik ishi bo'ladi. Saakova 2014 yil yanvar oyida bo'lib o'tgan komissarlik imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirib, Osiyo maydonlarida qizlar va ayollar o'rtasidagi futbol musobaqalarida komissarlik faoliyatini olib borish huquqiga ega bo'lgandi.
OFK 2013 yildan boshlab qitaning to'rt mintaqasida – Janubiy-Markaziy, SHarqiy, ASEAN va G'arbiy Osiyo mintaqalarida 14 yoshgacha bo'lgan o'smir qizlar o'rtasida mintaqaviy chempionatlarni o'tkazib kelmoqda. Janubiy-Markaziy Osiyodagi 2014 yilgi mintaqaviy musobaqada Nepal g'olib chiqqan bo'lsa, G'arbiy mintaqada iordaniyalik o'smir qizlar kuchliroq chiqdi. SHarqiy Osiyo mintaqasidagi o'yinlar 30 may kuni boshlanadi.
Malumot o'rnida, hozirgi vaqtda o'zbekistonlik Alim Arifov va Sanjar Rizaev Osiyo maydonlarida erkaklar o'rtasida tashkil etilayotgan futbol musobaqalarida komissarlik qilib kelmoqda.

Fikrlar