O'zbekistonga kelishi kutilayotgan Yurgen Gyode hozir qaerda ishlamoqda?
29 iyu 2021 20:40
Yangiliklar
O'zbekistonga kelishi kutilayotgan Yurgen Gyode hozir qaerda ishlamoqda?
Avvalroq, saytimiz orqali nemis mutaxassisi Xans Yurgen Gyode O'FAda texnik direktor lavozimda ish boshlashi mumkinligi haqida xabar bergandik.
U 2016-2020 yillar davomida Vetnamning turli yosh toifalaridagi terma jamoalarida xuddi shu lavozimda ishlagan. Hozirda esa u "Viettel" jamoasida texnik direktor bo'lib faoliyat olib bormoqda. Mazkur klub OCHL-2021 sharq mintaqasida bahslarni boshlagan va eng qizig'i klub ustozi CHong Vet Xong OFKning Pro licenziyasiga ega emas. SHu tufayli jamoa Yurgen Gyodeni musobaqa uchun bosh murabbiy sifatida qaydnomadan o'tkazdi.
Eslatib o'tamiz, 64 yoshli mutaxassis 2003 yil O'zbekiston yoshlar jamoasida ishlagan. 2004 yil esa O'zbekiston MTJ murabbiylar shtabidan joy olgan va 2005 yili uning o'zi terma ustoziga aylanib, uchta bahsda jamoani boshqargandi.
Yurgen Gyode O'zbekistonga texnik direktor bo'lib kelishi mumkin
Fikrlar