So’nggi yangiliklar

15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  0 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  0 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  6 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  6 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  5 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  1 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1

O'zbekistonga faqat xorijlik murabbiylar kerak Yangiliklar

O'zbekistonga faqat xorijlik murabbiylar kerak

O'zbekistonning istalgan yoshdagi terma jamoasiga zudlik bilan chet ellik murabbiylarni olib kelish kerak degan fikrdaman.

Mana, bugun O'zbekiston U-15 terma jamoasi Tojikiston U-15 terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib, 3:6 hisobida mag'lub bo'ldi. Balki bu o'rtoqlik o'yini, rasmiy bellashuv emas-ku dersiz, lekin o'rtoqlik bahsidayam 6ta gol o'tkazish uyatdan boshqa narsa emas! 

Bir oy oldin Misrda o'tkazilgan U-20 Arab Kubogida qatnashgan yoshlarimiz guruhdan chiqa olmay qaytgandi. O'sha musobaqada Tojikiston U-20 terma jamoasi guruhdan chiqishni uddalagandi. Biz esa shunchaki uchta o'yin o'tkazib qaytganmiz. U-20 Arab Kubogiga terma jamoani Ildar Magdeev bilan Dmitriy Kim olib ketgandi. 

Bugun mag'lub bo'lgan O'zbekiston U-15 terma jamoasi bosh murabbiyi esa Server Jeparov hisoblanadi. 

Bu mag'lubiyatlar bekorga bo'layotgani yo'q. CHunki O'FA terma jamoalarga malakasi yuqori bo'lmagan murabbiylarni qo'yyapti. Masalan, Jeparov o'z vaqtida kuchli futbolchi bo'lgan, bunga shubha yo'q. Lekin murabbiylik sohasida nimaga erishdi? U qaysidir klub o'rinbosarlari yoki U-18 jamoasini boshqardimi? "Dubl" bilan chempion bo'ldimi? O'smirlar bilan shahar chempionatini yutdimi? Yo'q. 

Yoki Ildar Magdeev futbolni tugatib qanaqasiga birdaniga terma jamoa bosh murabbiyi bo'lib qoldi? Yoki bu qo'lingda licenziya bo'lsa ishing tayin deganimi? 

Bunday sharmandali natija O'FAda terma jamoalar bilan ishlash noto'g'ri ekanligini ko'rsatyapti. Vaziyatni to'g'rilash uchun nima qilish kerak? Zudlik bilan chetdan ishtiyoqi baland, "tanish-bilish", "soqqani bos", "o'zingnikini tiqishtir", "roditellar gapiga kir" kabi futbolimizning qon-qoniga singib ketgan "zamonaviy o'zbek futboli atamalari"dan uzoq murabbiylarni olib kelish kerak. Ularning ishiga hech kim aralashmasin, o'zlariga qo'yib beraylik. Kimni chaqirsa o'zi hal qilsin. 

To'g'risi, shaxsan menda o'zimizning mahalliy murabbiylarga ishonch yo'q. Murabbiylarimiz o'zbek futbolida revolyuciya qiladigan darajada kuchli deb o'ylamayman. SHu bois O'FA har bir terma jamoa uchun - xoh erkaklar, bolalar, ayollar, xoh futzal bo'lsin eng avvalo chetdan murabbiy qarashi kerak. 

Reyting: +42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика