So’nggi yangiliklar

17:43"Атлетико" "Барселона" ярим ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 17:21"Сурхон" Олмалиқда ОКМКни ожиз қолдирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 17:05"Насаф" футболчиси легионерга айланмоқда  7 16:46Жамолиддин Раҳматуллаев – Ўзбекистон U-18 терма жамоаси бош мураббийи!  6 16:27Нико Уильямс "Барселона"га ўтмаса, "Реал"га ўтишини айтди  5 15:59"Челси" собиқ футболчиси фаолиятини 28 ёшида якунлади. Уни Бельгия терма жамоасининг келажаги деб аташганди  1 15:30Игорь Шквирин 1990 йилларда "Спартак" Москвага ўтиши мумкинмиди?  9 15:06"Нега Ўзбекистон мундиалдаги "сюрприз" жамоа бўлмаслиги керак?" Станислав Черчесов билан эксклюзив интервью  8 14:44Фофанага қизиқувчилар сони ортмоқда: Англиядан икки таклиф!  3 14:18"Рома" мухлислари рекорд миқдорда абонемент сотиб олди  0 13:50Расмус ўрнига Уоткинс? МЮ ҳужумида ўзгаришлар кутилмоқда  1 13:25"Динамо" легионери узоқ муддатга сафдан чиқди  1 12:51Алонсонинг биринчи қурбони: "Реал" мураббийи ҳимоячилардан биридан воз кечди  2 12:23"Динамо" етакчиларидан бири жиддий жароҳат олди. У Туркияда операция қилинади  3 11:57"Машъал" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  0

O'zbekistondagi 13 yoshli abiturient yoshini kichraytirganlikda gumon qilinmoqda. U futbol bilan shug'ullanadi Yangiliklar

O'zbekistondagi 13 yoshli abiturient yoshini kichraytirganlikda gumon qilinmoqda. U futbol bilan shug'ullanadi

Teglar :  Abiturient
Davlat test markazi joriy yilda OTMga o'qishga topshirgan eng yosh abiturient 13 yosh va eng yoshi katta abiturient 95 yosh ekanligi to'g'risida xabar bergandi.

O'zA 13 va 95 yoshli abiturientlarning hayoti ham yoshlar uchun, ham keksalar uchun ibrat, motivaciya bo'lishini hisobga olib, ular bilan suhbat qurishni niyatida surishtiruv olib bordi.

Takidlanishicha, surishtiruvlarni o'tkazish jarayonida Xalq talimi vazirligiga jurnalistik so'rovi yuborilgan hamda vazirlik tomonidan holatga aniqlik kiritilishida katta amaliy yordam ko'rsatilgan.

Dastlab 13 yoshli (14 yoshga to'lmagan) ekanligi aytilayotgan X.A. ismli abiturient maktabdagi o'qishi davrida sinfdan sinfga ko'chirilgan, yani xalq tilida aytganda «sakragan» bo'lsa kerak, degan variant ko'rib chiqilgan. Ammo aniqlanishicha, u 2009/2010-o'quv yilida 1-sinfga qabul qilingan hamda 2019/2020-o'quv yilida o'sha maktabning 11-sinfini tamomlagan.

X.A. o'qish jarayonida 1-sinfdan 11-sinfgacha to'liq talim olgan, yani o'qish davrida sinfdan sinfga ko'chirilmagan.

Ushbu malumotlardan so'ng o'z-o'zidan savol tug'ildi, qanday qilib 13 yoshli abiturient 2009 yilda maktabga chiqishi mumkin, axir bu paytda u atigi 2,5 yosh bo'ladi-ku?

SHundan so'ng, Xalq talimi vazirligi ko'magi bilan X.A. istiqomat qiladigan tumanning FHDYO bo'limi orqali uning tug'ilgan vaqtiga aniqlik kiritildi. Berilgan rasmiy malumotga ko'ra, X.A. 2003 yil 3 dekabrda tavallud topgan. Bundan kelib chiqadiki, qahramon aslida 16 yosh (dekabr oyida 17 yoshga to'ladi) hamda maktabning 1-sinfiga qabul qilingan paytda qariyb 6 yosh bo'lgan.

SHundan so'ng nima uchun Davlat test markazi ushbu abiturientni 13 yosh deya elon qilganiga aniqlik kiritish uchun surishtiruv davom ettirilgan. Aniqlagan malumotlarga ko'ra, X.A.ga 2019 yil aprel oyida tuman ichki ishlar bo'limi tomonidan 2006 yil 3 dekabrda tug'ilganligi aks etgan fuqarolik pasporti berilgan. Fuqarolik pasporti rasmiylashtirilayotganda, hozircha malum bo'lmagan sabablarga ko'ra, X.A.ning yoshi 3 yilga kichraytirilgan.

SHuningdek, surishtiruvlar davomida X.A. futbol bilan shug'ullanishi haqidagi dastlabki malumotlar qo'lga kiritilgan. SHundan so'ng O'zbekiston professional futbol ligasi bilan bog'lanib, bu malumotlar qanchalik rost yoki yolg'onligini tekshirilgan.

«Dastlab bunday futbolchi O'zPFLda ro'yxatdan o'tmagani malum bo'lgan. Ammo yoshni kichraytirish masalasiga qarshi keskin kurash olib borilayotganligi, O'zPFL ham bu kabi qonun buzilishi holatlarining fosh bo'lishidan manfaatdor ekanligini inobatga olib, boshqa hamkor tashkilotlar orqali mazkur faktni tekshirib berishlarini takidlashdi», — deyiladi xabarda.

O'zPFL aniqlagan malumotlarga ko'ra, voyaga etmagan X.A. haqiqatan futbol bilan shug'ullanadi va tumanidagi bolalar-o'smirlar sport maktabida ro'yxatda turgan, professional futbol ligasida hozircha o'yinlar o'tkazmagan.

Surishtiruv davomida aniqlangan yuqoridagi holatlarda hujjatlarni qalbakilashtirishga oid jinoyat alomatlari bo'lishi mumkinligini hisobga olib, aybsizlik prezumpsiyasi nuqtai nazaridan, xabarda abiturientning ismi, yashash manzili va tahsil olgan maktabi oshkor qilinmagan. Surishtiruvlar davomida to'plangan barcha materiallar qonun doirasida ko'rib chiqilishi uchun Bosh prokuraturaga taqdim etilgan.

Eslatib o'tamiz, 2020 yilda O'zbekistondagi oliy talim muassasalariga (OTM) bakalavriat bosqichiga 162 364 ta, magistraturaga 10 425 ta o'rin ajratilgan. Kirish imtihonlari ikki smenada respublika bo'yicha tanlab olingan 155 ta stadionlarning 40 tasida o'tkaziladi.

Reyting: -32   

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика