So’nggi yangiliklar

00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  2 00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  1 00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  2 00:10Мирко Йеличич: "Биз 60 дақиқа яхши ўйнадик"  0 23:55Суперлига. Алибоев супергол урган баҳсда "Нефтчи" "Қизилқум" билан дуранг ўйнади, "Навбаҳор" эса "Машъал"ни йирик ҳисобда енгди  0 23:51Клублар ўртасидаги ЖЧнинг биринчи чорак финалчиси маълум!  0 23:38Виталий Левченко: "Агар реализация яхшироқ бўлганида, ўйин натижасини ҳал қилиб бўлган бўлар эдик"  15 23:23Сергей Лушчан: "Мавсум аввалида бизда аниқ бир мақсад йўқ эди, ҳозир эса... Футболчимизда хориждан таклиф бор"  6 22:50Уильямсни сотиб олса ҳам "Барселона" Рэшфордни трансфер қилишга уриниб кўради  5 22:31Фарҳод Нишонов: "Бир нечта футболчиларимизда Суперлигадан клубларидан таклифлар бор"  0 22:13Асрор Алиқулов: "Чарчоқ ёки иссиқ ҳаво деган гаплар қуруқ баҳона. Ҳар бир учрашув ҳам ўхшайвермайди"  4 21:57Суперлига. "Қизилқум" сўнгги дақиқаларда гол уриб, "Нефтчи"ни ғалабадан маҳрум қилди  70 21:21ПроЛига. "Олимпик Мобиуз" "Олимпик" дарвозасига жавобсиз 4та гол урди ва пешқадамликни қўлига олди  1 20:55Суперлига. "Навбаҳор" ўз майдонида "Машъал"га жавобсиз 6 та тўп йўллади, Ғуломовда дубль, Жияновда 3 та ассист!  67 20:16Тер Штеген "Барселона"да қолмоқчи  0

O'zbekistonda VAR tizimini yo'lga qo'yish mavzusida o'tkazilgan seminar yakunlandi Yangiliklar

O'zbekistonda VAR tizimini yo'lga qo'yish mavzusida o'tkazilgan seminar yakunlandi

Teglar :  FIFAVAROFKO'FA
Xabaringiz bor, xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda, FIFA hamda OFK tavsiyalariga muvofiq, futbol uchrashuvlari vaqtida adolat va shaffoflikni taminlash maqsadida O'zbekistonda ham VAR (Video Assistant Referee – video yordamchi hakam) tizimini joriy etish ko'zda tutilmoqda.

SHu maqsadda Toshkentda VAR tizimini yo'lga qo'yish, ushbu tizimdan samarali foydalanish bo'yicha seminar boshlangani haqida malumot bergan edik.

FIFA va IFAB mutaxassislari tomonidan mazkur zamonaviy tizimni yo'lga qo'yishda etibor qaratish lozim bo'ladigan jihatlar, bunga qadar VAR tizimi joriy etilgan mamlakatlar tajribasidan unumli foydalanish, VAR tizimining foydali jihatlari, ushbu tizimni samarali qo'llashda operator va hakamlarning ahamiyati bo'yicha zarur ko'nikmalar taqdim etilgan seminar yakunlandi.

O'zbekiston futbol associaciyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu seminarda FIFA Hakamlar boshqarmasidan Maykl Bossler, FIFAning futbolda zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish boshqarmasidan Bxveshan Morgen va IFAB vakili Tibo Niysen bu boradagi o'z bilim va tajribalari bilan o'rtoqlashishdi.

Qayd etish joiz, FIFA va IFAB tavsiyalariga muvofiq VAR tizimini yo'lga qo'yish uchun 7 oydan 12 oygacha vaqt talab etiladi va bu 3 bosqichda amalga tatbiq etiladi. Qolaversa, VAR tizimini to'liq yo'lga qo'yish uchun har jihatdan puxta tayyorgarlik olib borish lozim bo'ladi. Yani, dastlabki ikki bosqichda bu borada etarlicha tajribaga ega VAR provayderi bilan hamkorlik yo'lga qo'yiladi, ushbu tizim bo'yicha ishlaydigan mutaxassislar, videoperatorlar tayyorlanadi, stadionlar VAR tizimidan foydalaniash uchun moslashtiriladi, VAR bo'yicha ishlovchi hakamlar malakasi oshiriladi, shuningdek, yakuniy bosqichda futbolchi, murabbiylar, futbol jamoatchiligiga VAR tizimi ishlash tartibi bo'yicha zarur malumotlar taqdim etiladi. SHundan keyingina VAR tizimidan foydalanish mumkin bo'ladi.

O'zbekiston futbol associaciyasi FIFA va IFAB tavsiyalariga amal qilgan holda yuqorida sanab o'tilgan barcha jihatlar bo'yicha puxta hozirlik ishlari olib boradi. Bu boradagi dastlabki qadamlar allaqachon qo'yila boshlandi. 21-22 noyabr kunlari tashkil etilgan ushbu seminar davomida VARni yo'lga qo'yishda etibor qaratish lozim bo'lgan har bir jihatga batafsil to'xtalib o'tildi. Endilikda mazkur tizimni O'zbekistonda ham joriy etish bo'yicha keng qamrovli ish olib boriladi va VAR tizimidan rejaga muvofiq tarzda bosqichma-bosqich 2021 yildan boshlab foydalanila boshlanadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика