So’nggi yangiliklar

13:23"Насаф" ўз футболчиси билан хайрлашганини эълон қилди  6 13:13"Крус Асул" - КОНКАКАФ Чемпионлар кубоги ғолиби  1 12:44Танаффусдаги тараддуд. "Шўртан" назорат учрашувида ғалаба қозонди  0 12:20Искандар Шойқулов: "Кўп очко йўқотдик. Умид қиламанки, тез орада ҳаммаси жойига тушади"  0 11:55Жалолиддин Машарипов: "Ҳаддан ташқари ортиқча мотивация ўйинга халақит бериши мумкин"  13 11:30Ҳамдан ибн Муборак БАА олдига Ўзбекистонга муносиб қаршилик кўрсатиш талабини қўйди  11 11:15Ўзбекистон миллий терма жамоаси кўтаринки кайфиятда БАА билан ўйинга тайёрланмоқда  2 10:50"Барселона" "Арсенал" футболчиси билан музокараларни бошлади  6 10:22ПСЖ яна бир талант учун курашга қўшилди  3 09:53Гарначо фаолиятини АПЛда давом эттиришга қарор қилди  4 09:24ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни ижарага бериш керак"  11 08:55Футзал. Бугун Ўзбекистон кубогининг финал учрашуви бўлиб ўтади  0 08:20УEФА клублар рейтингини янгилади  28 07:57“Милан“ “Ман Сити“ қизиқаётган ҳимоячини сотиб олмоқчи  0 07:21BOOOM. Лионель Месси Роналдунинг жамоадошига айланиши мумкин  16

O'zbekistonda oxirgi imkoniyat qoldi, Osiyoning 2 jamoasi pley-offda. JCH-2024 2-turdan keyingi holat Yangiliklar

O'zbekistonda oxirgi imkoniyat qoldi, Osiyoning 2 jamoasi pley-offda. JCH-2024 2-turdan keyingi holat

Bugun yurtimiz mezbonlik qilayotgan futzal bo'yicha o'ninchi Jahon chempionatida 3-tur bellashuvlariga start beriladi.

Bugungi o'yinlar ro'yxati.

20.09.2024

"B" guruhi

17:30. Tailand - Braziliya (Buxoro Universal sport kompleksi)

17:30. Kuba - Xorvatiya ("Humo Arena")

"A" guruhi

20:00. Kosta Rika - O'zbekiston ("Humo Arena")

20:00. Niderlandiya - Paragvay (Buxoro Universal sport kompleksi)


Avvalo 2-turda qayd etilgan natijalarni keltirib o'tamiz.


Raqamlar:

2-turning 12 o'yinida darvozalarga jami 95 ta to'p kiritilgan. Bu har bir uchrashuvga o'rtacha 7.9 tadan gol degani. Solishtirish uchun 1-turda 84ta gol urilgandi;

5 karra Jahon chempioni Braziliya ikkinchi turda ham eng yirik g'alabaga erishdi - 8:1;

Eng sermahsul o'yin esa Tailand va Kuba o'rtasidagi bahs bo'ldi, unda darvozalarga jami 15ta to'p kiritildi;

- O'zbekiston Paragvayga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi, guruhdoshimiz Niderlandiya esa 2-turda ham durang o'ynadi (Kosta Rika bilan 2:2);

- Amaldagi chempion Portugaliya mundiallarda ketma-ket to'rtinchi bor 1/8 finalga yo'l oldi. Ular JCHda 10 ta uchrashuvdan beri yutqazishmayapti, Portugaliya so'nggi bor JCH-2016ning yarim finalida Argentinaga 2:5 hisobida yutqazgan;

- Ispaniya futzalchilari Yangi Zelandiyaga qarshi uchrashuvda raqib darvozasi tomon 108 ta zarba yo'llashgan, shulardan 36 tasi aniq borgan. Hisob esa 7:1. Yangi Zelandiya posboni Mixail Antamanov 29 ta seyv ijro etdi;

- Argentinaning 7-raqamli o'yinchisi Matias Rosa Afg'og'istonga qarshi o'z tug'ilgan kunida dubl qayd etdi va jamoasiga g'alabani taqdim etdi;

- Eron terma jamoasida 24 yoshli Salar Agapur JCHda debyut qilmoqda. Qizig'i, Agapur dastlabki ikki uchrashuvning har ikkisida "Man of the match" deb topildi. U ayni paytda Eron terma jamoasining JCH-2024dagi to'purari ham bo'lib turibdi (4 ta gol);

Eron azosi Salar Agapur.


P.S. Ayol hakam Oriano Sambrano futzal bo'yicha JCH tarixiga kirdi. U 1-tur doirasidagi Tojikiston - Marokash bahsida bosh hakam bo'lgan edi. SHu tariqa, Oriano futzal Jahon chempionatida hakamlik qilgan ilk venesuelalik bo'ldi.



Bugungi o'yinlar oldidan mundialning ikkinchi turidan keyin guruhlardagi holatni etiboringizga havola etamiz.

"A" guruhida Paragvay 100 foizlik natija bilan pley-offga muddatidan oldin birinchi o'rin bilan chiqdi. O'zbekiston esa guruhdan kamida ikkinchi o'rin bilan chiqish uchun bugun Kosta Rikani mag'lub etishi va Niderlandiya Paragvayni yutmasligi kerak.


"B" guruhida Braziliya hamda Osiyo vakili Tailand dastlabki ikki turda g'alaba qozondi va muddatidan oldin pley-offga yo'l oldi. Bugun ular o'zaro bellashishadi va kim birinchi o'rin bo'lishini aniqlab olishadi.


"S" guruhida Argentinada 6, Afg'oniston va Ukraina esa 3 ochkoga ega. Angola esa bu turda Argentina bilan o'ynaydi va katta ehtimol guruhdan keyin uyga qaytadi.


"D" guruhida kutilganidek Ispaniya va Qozog'iston peshqadamlik qilmoqda. Liviya esa 3 ochkoga ega va 3-o'rin bilan guruhdan chiqish uchun yaxshi imkoniyatga ega.


"E" guruhida Portugaliya va Marokash 100 foizlik natija qayd etib turibdi. Bu turda ular o'zaro to'qnashuvda guruh g'olibini aniqlab olishadi. Qo'shni Tojikiston va Panama esa 3-o'rin bilan chiqadiganlar safida bo'lish uchun o'zaro kurashishadi.


"F" guruhida favorit Eron birinchi o'rinda, "sirli tulpor" bo'lishini taxmin qilganim Franciyada ham 6 ochko bor. 3-tur bu ikki jamoa guruh g'olibini o'zaro kurashda aniqlab olishadi. Venesuela - Gvatemala o'yinida esa durang natija qayd etilganihamma uchun maqul bo'lardi.


Ayni paytga kelib nimchorak finalning 8 ishtirokchisi aniq bo'lib ulgurdi. Bular: Paragvay, Braziliya, Tailand, Argentina, Portugaliya, Marokash, Eron, Franciya.

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика