O'zbekistonda hozir xorijlik murabbiyga qancha maosh berilishi kerak?
06 jan 2014 20:30
Yangiliklar

O'zbekistonda hozir xorijlik murabbiyga qancha maosh berilishi kerak?
O'zbekistonda byudjet mablag'lari evaziga amalga oshiriladigan xorijlik murabbiylarning shartnoma bahosi, yani ish haqi bugungi kunda 2 883 150 so'mdan ($1310 Markaziy bank kursi bo'yicha) 9 610 500 so'mgacha ($4368) bo'lgan miqdorni tashkil etadi.
"Sport turlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi terma jamoalariga azo sportchilarni tayyorlashga jalb etilgan xorijiy mutaxassislarning ishlash sharoitlari haqidagi Nizomni tasdiqlash to'g'risida"gi hukumat qaroriga binoan shartnomalar amalga oshiriladi. SHartnoma summasi kelishuv (shartnoma) imzolangan kundagi eng kam ish haqining 30 dan 100 baravarigacha bo'ladi. U ekspert komissiyasi tomonidan aniqlanadi.
Hujjatda yozilishicha, ish beruvchilar byudjetdan tashqari mablag'lar, shaxsiy mablag'lar, hayriya mablag'lari va qonunchilikka zid bo'lmagan boshqa mablag'lar evaziga xorijlik murabbiylarning maoshini oshirishlari mumkin. Xorijlik mutaxassis u va ish beruvchi o'rtasida tuzilgan shartnomaga asosan har oyda milliy valyutada maosh oladi.

Fikrlar