O'zbekiston JCH-2018 ikkinchi bosqich saralashidagi barcha uy o'yinlarini "Bunyodkor" stadionida o'tkazadi
27 apr 2015 16:57
Yangiliklar


O'zbekiston JCH-2018 ikkinchi bosqich saralashidagi barcha uy o'yinlarini "Bunyodkor" stadionida o'tkazadi
O'zbekiston terma jamoasining JCH-2018 ikkinchi saralash bosqichidagi uy o'yinlari joyi va vaqti malum.
Osiyo Futbol Konfederaciyasi O'zbekiston terma jamoasining Jahon CHempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi uy uchrashuvlarini o'tkaziy joyi va vaqti bo'yicha O'zbekiston Futbol Federaciyasi tomonidan berilgan taklifni qabul qildi. Unga ko'ra O'zbekiston milliy terma jamoasi o'z uy uchrashuvlarining barchasini "Bunyodkor" stadionida o'tkazadigan bo'ldi.
Yamanga qarshi kechadigan dastlabki uy uchrashuvi 2015 yilning 3 sentyabrida, 19:00da boshlanadi.
SHu yilning 12 noyabr sanasida bo'ladigan SHimoliy Koreyaga qarshi uy uchrashuvi esa 18:00da start oladi.
SHuningdek, 2016 yilning 24 martida bo'ladigan Filippinga qarshi o'yin va 29 mart kuni o'tkaziladigan Baxraynga qarshi uchrashuvlar ham 18:00da boshlanadi.

Fikrlar