So’nggi yangiliklar

12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  1 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  0 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  1 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  2 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  2 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  2 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  2 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  6 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  1 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  4 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasida "Leypcig" tarbiyalanuvchisi bor! David Belyavskiy bilan tanishamiz Yangiliklar

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasida "Leypcig" tarbiyalanuvchisi bor! David Belyavskiy bilan tanishamiz

Uning otasi ham O'zbekiston terma jamoasida o'ynagan.

Barcha futbolchilar O'zbekiston yoshlar va o'smirlar terma jamoalarida o'ynashadi. Ular orasida legionerlar ham bor, David Belyavskiy. "RB Leypcig" tarbiyalanuvchisi. U O'zbekiston terma jamoasida o'ynash uchun Rossiyadan kelgan taklifni rad etdi. Championat.asia David va uning otasi Vadim Belyavskiy bilan suhbatlashdi.

- Vadim, o'zingiz va oilangiz haqida gapirib bering. Qaerda ishlaysiz, Germaniyaga qanday kelib qoldingiz?

- Men integraciya bo'yicha masalahatchi bo'lib ishlayman. Rafiqam sport gimnaziyasida o'qituvchi. Oilam bilan 1999 yil Toshkentdan Germaniyaga ko'chib keldik. Bu erda David va uning ukasi Aleksandr tug'ildi. Aleksandr suzish bilan shug'ullanadi. O'zim ham vaqtida futbol o'ynaganman. "Paxtakor" yoshlar jamoasida, keyin "Turon"da to'p tepdim. O'zbekiston U-18 terma jamoasida Kapadze va Jeparov bilan yo'llarimiz kesishgan. 



- Vadim, David necha yildan beri futbol o'ynayapti? Qaysi jamoa azosi? 

- U futbol bilan shug'ullanishni 5 yoshida boshlangan. David o'zini suzish va karateda sinab ko'rdi. Ammo yakunda futbolda qolishga qaror qildi. "Leycpig"da 7 yoshdan boshlab o'ynab kelyapti. Hozirda U-16 jamoasida harakat qilmoqda. Murabbiylar shtabi azolari Germaniyada yuqori saviyada o'ynagan va murabbiylik licenziyalariga ega. Uning klub bilan bir necha yillik shartnomasi bor. 

- David bilan birga MDH davlatlaridan kelgan boshqa futbolchilar bormi?

- MDH mamlakatlaridan boshqa yigitlar yo'q. Bu erda akademiyaga qabul qilinish qiyin. Buning uchun Germaniyada tug'ilganlargina 16 yoshli jamoaga olinadi. 



- David qanday muvaffaqiyatlarga erishgan?

- U elita gimnaziyasida talim oladi. Katta tanlovlardan o'tdi. Daviddan umidlar katta. Ikki yildan beri viloyat terma jamoasi safida milliy va xalqaro turnirlarda qatnashyapti. O'g'limizning jamoasi mamlakatdagi eng yaxshilaridan sanalib, ko'p musobaqalarda sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritdi. David asosan himoyada o'ynaydi. Markazda, qanotlarda ham o'ynay oladi. CHap va o'ng oyoq bilan yaxshi harakat qiladi. Jamoa etakchilaridan biri, jamoaloshlari uni eshitishadi. 

- O'g'lingiz O'zbekiston yoshlar terma jamoasidan birinchi marotaba taklif oldi...

- David Germaniyada tug'ilgan. Men Toshkentlikman. Onasi esa rus va qozoq millatiga mansub. O'g'limiz bu fuqaroliklardan istalganini tanlashi mumkin edi. 2021 yilda bizga Rossiyadan murojaat qilishdi. Qozog'istondan so'rov keldi. Lekin biz O'zbekistonni tanladik. Unga bu mamlakat haqida gapirib berdim, internetda videolarni tomosha qildim. Oxiri O'zbekistonni tanladi. David "Leypcig" bilan dunyoning yarmini kezib chiqdi. Endi esa Osiyoni kashf qilmoqchi. O'zbekiston uning uchun yangilik. Urf-odatlari, madaniyati bilan qiziqadi. 



- David, siz qaysi poziciyada o'ynashni maqul ko'rasiz?

- Qanot himoyasida. CHunki hujumga qo'shilishni maqul ko'raman. 

- Taniqli futbolchilardan kimlarga solishtirilasiz?

- Menda mukammal, aqldan ozdiradigan darajada ideal yo'q. Faqat o'zimga qarayman va yaxshiroq bo'lish uchun hamma narsani qilaman. 

- Agar sizga 19-20 yoshingizda O'zbekiston terma jamoasida o'ynashni taklif qilishsa, rozi bo'lasizmi? Yoki Germaniya terma jamoasidan chorlov kutasizmi?

- Germaniya terma jamoasida o'ynashga intilmayman. Menga yangi qadriyatlar, madaniyatlar qiziq. O'zbekistonga yordam bermoqchiman. SHu davlat sharafini himoya qilib, yuqori saviyada to'p tepmoqchiman.

Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика