So’nggi yangiliklar

12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  0 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  0 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  7 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  4 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  17 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  25 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi (U-19) bizni yana JCHga olib chiqa oladimi? Yangiliklar

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi (U-19) bizni yana JCHga olib chiqa oladimi?

2020 yil Yaponiyada bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining shubhasiz favoriti yaponlar bo'ladi. Biz esa so'nggi musobaqani o'tkazib yubordik.

22ta terma jamoa ishtirok etgan saralash bahslarining O'zbekiston o'rin olgan guruh o'yinlari Tojikistonda bo'lib o'tgani ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak. O'sha bahslarda Aleksandr Mochinov "S" guruhidagi to'rtlikdan Afg'onistonni chiqib ketishi tufayli uchlikka aylanib qolganini inobatga olmagan holda, guruh autsayderlari SHri Lanka va Maldiv terma jamoalariga qarshi kuch yo'qotib, so'nggi turda Bangladeshni yuta olmagan Tojikiston terma jamoasiga imkoniyatni boy bergan edi. 1999 yillarda tavallud topgan terma jamoamiz Mochinovga topshirilganda, bu murabbiy bilan muvaffaqiyatsizlikka uchrashimiz haqida maqola ham yozib o'tgan edim. Aslini olganda yoshlar va o'smirlar terma jamoalari o'rtasidagi saralash o'yinlarida yoshlar terma jamoalarining imkoniyatlari yuqoriroq bo'ladi. Sababi bu yoshda terma jamoamiz azolarining aksariyati birinchi liga va yoshlar ligasining asosiy tarkiblaridan muntazam joy olib keladilar. Masalan, 2002 yilda tavallud topgan Jasur Jaloliddinov bugungi kunda "Bunyodkor" safida asosiy tarkibda maydonga chiqayapti. Tabiiyki bu murabbiyning ishini biroz engillashtiradi. Agar futbolchi o'zini tutib tura olsa.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasida ko'ngilni xotirjam qilayotgan yana bir jihati murabbiy Otabek G'ulomxo'jaevni 2001 va 2002 yillarda tug'ilgan avlod vakillarini yaqindan tanishi va yoshlar terma jamoasida ishlab ortirgan tajribasidir. Qolaversa savatchalarda tutgan o'rnimiz ham chakki emas, o'smirlar terma jamoasidan farqli ravishda U-19 7-pog'onadan joy olgan. Bu esa bizni ikkinchi savatchaga yo'naltiradi. Iroq, Eron va Ummon terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olmaymiz.



Birinchi savatchadagi raqiblarning barchasi Osiyo chempionatiga chiqish uchun asosiy nomzodlardan biri hisoblanadilar. Bu borada qura bizga qanday kelishi va saralash o'yinlariga kim mezbonlik qilishi katta ahmiyat kasb etadi. Guruhda 2-o'rinni egallagan eng yaxshi 5ta jamoa ham qita chempionatiga yo'la oladi. Lekin bu erda sharq va g'arb birlashadi. SHuning uchun asosiy maqsad bari-bir guruh g'olibligini qo'lga kiritish bo'ladi. Agar mezbonlikni O'zbekistonga ola bilsak, qita chempionatiga bir qadam tashlagan bo'lamiz.


O'zbekiston o'smirlar (U-16) terma jamoasini nima kutayapti? 


O'smirlar terma jamoasidan farqli ravishda yoshlar terma jamoasiga bo'lgan etibor nisbatan yaxshiroq. Ular har oy davomida hech bo'lmasa Toshkentda yig'in o'tkazib turibdilar va PRO liga vakillariga qarshi nazorat o'yinlari tashkil qilinayapti. Lekin mavsum boshlanganligini inobatga olsak, endi bu kabi o'yinlar ko'p bo'lmaydi.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 4 marotaba Osiyo chempionati sovrindori sifatida JCH yo'llanmasini qo'lga kiritgan. Ilk marotaba bu ishni Viktor Borisov va Temur Alimxo'jaev tandemi amalga oshirgan (1983). Uzoq tanaffusdan so'ng Ahmad Ubaydullaev 1989 yillarda tug'ilgan bolalari bilan mudialga bordi. Undan keyin bu baxt Ahmadjon Musaev (1993) va Ravshan Haydarovga (1995) nasib etdi. O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi esa Alekskey Evstafeev (1994) va Dilshod Nuraliev (1996) bilan mundialga borgan. Yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi JCHlarimiz soni ko'rib turganingizdek 6ta.



Lekin shu kungacha bizga yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida zafar quchish nasib etmay kelayapti. Marraga eng yaqin kelgan murabbiy Ahmad Ubaydullaev. Saudiya Arabistonida bo'lib o'tgan musobaqa finalida BAAga 2:1 hisobida imkoniyatni boy bergan edik. Takidlab o'tishim kerak, 2001 yilda tug'ilgan futbolchilar O'zbekistonni mundialga olib chiqishi mumkin bo'lgan yaqin yillar ichidagi so'nggi terma jamoamiz bo'lib qolishi mumkin. 2003 va 2005 yillarda tavallud topgan kelajak yoshlar terma jamoasining bugungi kundagi musobaqalari juda ham sifatsiz ko'rinishga kelayapti. Bu esa ertaga bizning zararimizga ishlashi mumkin.


Savatchalar taxminan quyidagi holatda taqsimlanadi.

1-savatcha.

1. Saudiya Arabistoni

2. Qatar

3. Tojikiston

4. BAA

5. Iordaniya

2-savatcha.

6. Iroq

7. O'zbekiston

8. Eron

9. Yaman

10. Ummon

3-savatcha.

11. Suriya

12. Hindiston

13. Bahrayn

14. Bangladesh

15. Qirg'iziston 

4-savatcha.

16. Livan

17. Maldiv

18. SHri Lanka

19. Turkmaniston

20. Falastin

5-savatcha.

21. Nepal

22. Afg'oniston

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика