So’nggi yangiliklar

15:05Винисиус Хаби Алонсо ҳақида қандай фикрда?  0 14:36Англиянинг 3 та клуби Гарначога қизиқмоқда  0 14:07"Барселона" Гави борасида бир қарорга келди  0 13:39Мюллер: "Бавария" ҳаво иссиқлигига қарамай, "Окленд Сити" билан ўйинда яйради"  0 13:12Руслан Жиянов: "Чемпионлик учун охиригача курашамиз"  9 12:55Акмал Мозговой: "Ҳар бир жамоа бизга қарши борини бериб ўйнайди"  7 12:40"Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон ва Украина беллашувини кўришни истардим" – Максим Шацких билан катта интервью  12 12:27Эшитдик-да! "Нефтчи" Ўзбекистон МТЖнинг икки аъзосига қизиқмоқда  15 12:06"Манчестер Сити"га янги келган Шерки: "МЮни йўқ қилиш учун улар билан ўйинни кутяпман"  14 11:39Симеоне: "Энрике таркибни кучайтириши керак бўлганида, ПСЖ вингер учун 70 млн евро сарфлади"  4 11:11Гравина: "Гаттузо – Италия футболининг рамзи"  0 10:41“Арсенал“ 19 ёшли футболчи учун курашда “Челси“ни "енгди"  6 10:08ПСЖ украиналик футболчининг трансфери учун қанча сарфлаши маълум  1 09:35ЦСКА вингери Туркия клубига ўтиши мумкин  3 09:04“У футбол ва футбол учун яшайди.“ Карлес Пуйоль Роналду ҳақида  6

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Singapurdagi turnirda eronlik tengdoshlariga mag'lub bo'ldi Yangiliklar

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Singapurdagi turnirda eronlik tengdoshlariga mag'lub bo'ldi

Teglar :  O'zbekiston U-19
2016 yilning 13 – 30 oktyabr sanalari davomida Bahraynda bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston U-19 terma jamoasi navbatdagi yig'inini Singapurda o'tkazmoqda.

Ushbu yig'in doirasida Jasur Abduraimov boshchilik qilayotgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi, bugun, 20 iyul kuni Singapur Futbol Asociaciyasi tomonidan o'tkazilayotgan 21 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan tashkil topgan terma jamoalar o'rtasidagi xalqaro turnir doirasida Eron U-19 terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuv asosiy vaqti durang natija bilan yakunlandi. Avvaliga, 18-daqiqada eronliklar hisobni ochgan bo'lsalar, uchrashuv asosiy vaqtiga qo'shib berilgan daqiqalar o'tib borayotgan bir pallada SHarof Muhiddinov hisobni tenglashtirdi.

O'yin yakunlanishi bilan penaltilar seriyasi o'tkazildi va unda Eron yoshlar terma jamoasi 5:4 hisobida g'alaba qozondi.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasining Singapurdagi yig'ini 24 iyulgacha davom etadi.

FAS U-21 International Challenge Cup

Eron U-19 – O'zbekiston U-19 1:1 (pen. 5:4)

Gollar:
Ali Taheron (18) – SHarof Muhiddinov (90+3)

O'zbekiston U-19: Umid Hamroev, Islom Qobilov, Oybek Rustamov, Xojakbar Alijonov, Xushnudbek Avilov, Azizjon G'aniev, Saidjamol Davlatjonov, SHarof Muhiddinov, Nurillo To'xtasinov, Doston Ibragimov, Bobir Abduxoliqov.

Zaxira: Umidjon Ergashev, Jamshid Yusupov, Suxrob Nurilloev, Sanjar Qodirqulov, Azizbek Suyunov, Xusniddin G'ofurov, Begzod G'anijonov.

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика