O'zbekiston yoshlar terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida mag'lubiyatga uchradi
01 iyu 2020 16:26
Yangiliklar
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida mag'lubiyatga uchradi
Temur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Toshkentda yig'inni davom ettirmoqda.
Ayni kunlarda Temur Kapadze boshchiligidagi terma jamoamiz yurtimizda o'tkaziladigan Osiyo chempionatiga qizg'in hozirlik ko'rmoqda. Toshkentda tashkil etilgan o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasida yoshlarimiz "Paxtakor-2" jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. Ushbu bahsda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Termamizning gollariga esa Ulug'bek Hoshimov va Ruslan Rozievlar mualliflik qilishdi. Quyida o'yindan olingan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar