O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ikkinchi uchrashuvda Berlin akademiyasini mag'lubiyatga uchratdi
23 may 2019 21:01
Yangiliklar


O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ikkinchi uchrashuvda Berlin akademiyasini mag'lubiyatga uchratdi
Namangan shahridagi "Markaziy" stadionda O'zbekiston yoshlar terma jamoasining Berlin akademiyasi jamoasiga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvi yakuniga etdi.
O'yinda vakillarimiz 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
Gollarga Ruslan Roziev va Hojimat Erkinov mualliflik qilishdi. Eslatib o'tamiz, Andijonda kechgan birinchi o'rtoqlik o'yinida bu jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishgandi.
O'rtoqlik o'yini
O'zbekiston yo.t.j. - Berlin U-18 2:0
Gollar: Ruslan Roziev (27), Hojimat Erkinov (50)
O'zbekiston yo.t.j.: Amal SHavketov, Alibek Davronov, Odil Abdumajidov, Eldor Begimov, Doston Tursunov, Ibrohim Ibragimov, Diyor Ramazonov, Behzod SHamsiev, Ruslan Roziev, Ulug'bek Hoshimov, Hojimat Erkinov
Berlin U-18: Frederik Mitcelshtadt, Hoqon Dundar,Hasan Kose, Lourenc Del, Nikos Volf, Mert Akarsu, Maks SHteynbauer, Jonatan Kac, Ferris Freyvald, Mattis Koch, Til Mashkovski
O’xshash yangiliklar

Fikrlar