So’nggi yangiliklar

09:34Ўзбекистон кубоги. Бугун 3-тур баҳслари давом эттирилади  0 09:03Модричнинг "Реал"даги келажаги маълум  2 08:31Sofascore. Захирадан майдонга тушган Файзуллаев неча баҳога лойиқ кўрилди  4 08:00Ўзбекистон Кубоги. 3-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  7 07:32ОКМК - "Нефтчи" ўртасидаги супер баҳсдан ёрқин ФОТОГАЛEРEЯ  0 05:24Юрген Клопп мураббийликка қайтмоқда, у Шомуродовга устоз бўлиши мумкин  11 02:02АПЛ. "Брайтон" ўз уйида Премьер-лига чемпионини мағлубиятга учратди  3 00:58Виталий Левченко: "Юлдузли жамоалар ҳар доим ҳам натижага эришавермайди. Шунчалик саволларингиз кўп-ми?"  8 00:44ЦСКА мағлубиятдан қутилиб қолди, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  5 00:30Суперлига. Тўхтахўжаев ОКМКни мағлубиятдан қутқариб қолди, Аброр Исмоилов эса икки дақиқа ичида иккита гол урди  4 00:27Миржалол Қосимов: "Биз биринчи ўринга чиқиб олдик. У захирада уйқусираб ўтирган эди"  7 00:05Аморим қишда МЮни тарк этиши мумкин эди, аммо...  1 23:10"Ман Сити" Виртцнинг трансфер нархи юқорилиги сабабли ундан воз кечди. Келишув клубга умумий ҳисобда 300 миллион еврога тушиши мумкин эди (BBC)  4 22:28Украина, Англия, Польша, Дания, Балтика мамлакатлари ва Япония Россиянинг қайтишига қатъиян қарши. Жанубий Америка мамлакатлари эса аксинча  22 21:57Суперлига. Олмалиқда дарвозаларга 4 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  106

O'zbekiston yoshlar ittifoqi vasiyligidagi “Iftixor” jamoasi hakamlik "qurboni" bo'ldi Yangiliklar

O'zbekiston yoshlar ittifoqi vasiyligidagi “Iftixor” jamoasi hakamlik "qurboni" bo'ldi

PRO-liganing “Iftixor” klubi matbuot xizmati kecha bo'lib o'tgan "G'ijduvon" - "Iftixor" uchrashuvidagi hakamlikni tanqid qildi.

So'nggi paytlarda O'zbeksiton futbol associaciyasi futbolimizda haqoniylik va shaffoflikni taminlash borasida eng shimarib ishga kirishgan. Bu borada katta hajmdagi ishlar olib borilmoqda.  Ayniqsa, hakamlarni o'yinni halol boshqarishini, ularning qaysidir xatosi tufayli biror jamoa jabr chekmasligini qattiq nazorat ostiga olgan.  O'tgan shu davr oralig'ida bir qator hakamlar qilgan xatolari uchun jazolarini olishdi. Kimdir malum muddatga, kimdir esa butun umrga diskvalifikaciya qilindi. SHunday bo'lsa-da, bundan to'g'ri xulosa chiqarmayotgan hakamlar hali ham uchrab turgani kishini ajabalantiradi.

Mana shunday hakamlardan biri Olim Tolibjonov bo'lib, u oldingi qilgan xatosidan to'g'ri xulosa chiqarmagan ko'rinadi.

Esingizda bo'lsa, ushbu referi o'tgan mavsumda “SHo'rtan” (G'uzor) – “Navbahor” (Namangan) uchrashuvini boshqarib, yakunda ishi nazoratchi Alisher Abdullaev tomonidan qoniqarsiz (4,0) ballga baholangach,  Hakamlar va nazoratchilar qo'mitasi “Hakamlarning tartib-intizom kodeksi”ga binoan Olim Tolibjonovni O'zbekiston CHempionati, Birinchiligi va O'zbekiston Kubogi o'yinlari doirasidagi 10 ta o'yinga chetlatgandi.

Malum tanaffusdan keyin yana hakamlik sohasidagi faoliyatini davom ettirgan Olim Tolibjonov kecha bo'lib o'tgan “G'ijduvon” – “Iftixor” uchrashuvida yana “qovun” tushirdi.

O'yinda O'zbekiston yoshlar ittifoqi vasiyligidagi “Iftixor” jamoasi oldinda borayotgan bir paytda bosh hakam o'zining noto'g'ri qarorlari tufayli o'yin natijasida salbiy tasir ko'rsatdi. Bu esa mehmon jamoa mag'lubiyatiga sabab bo'ldi.

Jumladan, bahsning 52-daqiqasida mezbon futbolchi tomonidan tepilgan to'p darvoza to'siniga tegib, erga tushish jarayonida darvoza chizig'ini kesib o'tmagan bo'lsa-da, bosh hakam hisob tenglashganini bildirib, maydon markaziga ishora qildi. Albatta bu holat mehmon futolchilarining ruhiyatiga qattiq tasir o'tkazdi. Bundan tashqari, bosh hakamning 75-daqiqada (bilib) qilgan xatosi esa barchasidan oshib tushdi. “Iftixor” futbolchilari hujum qilayotgan paytda raqib futbolchisi o'z jarima maydonchasi ichida to'pni qo'li bilan to'xtatgan bo'lsa-da, Tolibjonov na penalti belgiladi, na “G'ijduvon” o'yinchisini ogohlantirdi. Buning natijasida “Iftixor” o'yinchilari hakam qurboniga aylanib, mag'lubiyatga uchrashdi.


O'FA rahbariyati futbolimizda katta o'zgarishlarni amalga oshirish borasida tinimsiz izlanayotgan, futbolimizga hallolik olib kirish uchun jonlarini jabborga berib ishlayotgan bir paytda Olim Tolibjonovning bu xatolarini qanday tushunish mumkin? Nahotki, u oldingi xatosidan to'g'ri xulosa chiqarmagan bo'lsa? Bu borada O'FA tegishli qaror chiqarar. Hakam endi umrbod chetlatilar. Lekin jabrdiyda mehmonlarning tovonini kim to'laydi. G'alaba qozonish ilijinda yaxshi niyatlar bilan yo'lga chiqib (buning uchun malum miqdorda mablag' ham sarflanadi), yakunda hakamlarning xatosidan jabr chekayotgan jamoalarni kim o'ylaydi? Ular har safar amalzada bo'lib qolaverishadimi? O'FA rahbarlari bu borada jiddiy o'ylab ko'rishi kerakka, o'xshaydi. Hakam xatosi qayd etilgan o'yinlar natijasini bekor qilish va raqib tomonga texnik g'alaba yozilish orqali malum manoda “kelishilgan”, “hakamlar o'yinlari”ga barham berilishi mumkin. O'FA bir ikki marta mana shunday jazoni qo'llasa “hakam bilan kelishadigan” jamoalar o'ylab ish qiladigan bo'lisharmidi?

“G'ijduvon” – “Iftixor” uchrashuvdan keyin “Iftixor" jamoasi vakillari hakamlarga minnatdorchilik bildirish maqsadida hakamlar xonasiga kirganida Olim Tolibjonov o'yin natijasiga tasir etadigan ikkita xato qilganini tan olib, bu xatoni boshqa takrorlanmasligini qayta-qayta takiladi. Lekin endi xato kechirilmaydi. Nahotki, Tolibjonov oldingi xatosidan o'ziga kerakli xulosa chiqarmagan bo'lsa, O'FA rahbarini uning ishini nazorat qilayotganini nahotki u bilmasa? Yoki bilib turib shunday xatoga yo'l qo'ydimikan? Nima bo'lgan taqdirda ham O'FA va PFLdan jiddiy chora kutib qolamiz. Inson xato qilishdan oldin o'ylash kerak emasmi?

Kezi kelganda, shuni aytish joizki, O'zbekiston yoshlar ittifoqi vasiyligidagi “Iftixor” jamoasi o'zbek futboliga yangi muhit olib kirishni o'z oldiga maqsad qilgan holda ishga kirishgan. Jamoa rahbariyati o'zbek futbolini g'irromliklar, noxolis hakamliklar, kelishilgan o'yinlar kabi salbiy illatlardan tozalash yo'lida izlanishni boshlagan. Lekin jamoaning o'zi aynan noxolis hakamlik qurboniga aylandi. Bu masala shundayligicha qolmasligi kerak. Barcha o'z qilmishiga yarasha javob berishi darkor.

O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonovning bergan intervyusidan parcha keltirib, maqolamizni yakun yasaymiz, xulosa chiqarish esa o'zingizga bog'liq.

- Ayni paytda futbolda faoliyat olib borayotganlar bir narsani yaxshilab bilib olsin. Qaysidir murabbiyda, qaysidir futbolchida yoki rahbarda qing'irlik, korrupciya holati yoki qandaydir boshqa jinoyat ko'rinsa, ular endi qonun oldida javob beradi. Hech kim o'z manfaatini klubnikidan, muxlislarnikidan ustun qo'ymaydi. CHunki futbol hammaniki, meniki yoki sizniki emas, deydi U. Ahmadjonov.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика