O'zbekiston yanvar oyida Sharqiy Timor bilan o'ynaydimi?

Narzulla Saydullayev
15 okt 2014, 14:00
Avstraliyadagi Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston terma jamoasi yanvar oyi boshida Sharqiy Timor terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi mumkin.
- Hozircha tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra 5 yanvar kuni Sharqiy Timor bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazar ekanmiz. Bu qanchalik to'g'ri ma'lumot?
- To'g'risi yanvar oyi boshida Avstraliyada kuchsizroq raqib bilan o'yin o'tkazishni rejalashtirayapmiz. Lekin raqib kim ekanini aniq ayta olmayman. 5 yoki 6 yanvarda bo'ladigan bahsda ikki bo'limda ikki xil tarkibni sinovdan o'tkazib olamiz. Shu bois bizga qita chempionati boshlanishi arafasida bitta kuchsizroq raqib bilan o'rtoqlik o'yini kerak, - deydi Mirjalol Qosimov. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia