O'zbekiston - Yaman o'yini uchun akkreditaciya jarayoni boshlandi
04 avg 2015 13:32
Yangiliklar


O'zbekiston - Yaman o'yini uchun akkreditaciya jarayoni boshlandi
O'zbekiston Futbol Federaciyasi matbuot xizmati 3 sentyabr kuni Jahon CHempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasida bo'lib o'tadigan O'zbekiston hamda Yaman milliy terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv uchun akkreditaciya jarayoni boshlanganini elon qiladi.
O'zbekiston – Yaman o'yini uchun akkreditaciyadan o'tish istagida bo'lgan OAV hodimlari 4 avgustdan boshlab akkreditaciya zayavkasini O'FF matbuot xizmati elektron pochtasiga (media@the-uff.com) jo'natishlari kerak.
Akkreditaciya zayavkasi namunasi bilan "Meyoriy xujjatlar" bo'limidagi "Akkreditaciyadan o'tish haqidagi nizom" faylini ko'chirib olish orqali tanishish mumkin. O'zbekiston – Yaman o'yini uchun akkreditaciyadan o'tish jarayoni 21 avgust kunigacha davom etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar