So’nggi yangiliklar

00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  1 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  0 21:21Флик Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  2 20:55“Манчестер Юнайтед” “Атлетико” ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 20:24“Манчестер Сити” футболчиси январда клубни тарк этиши мумкин  3 19:54Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?  4 19:20Ҳатто Польша Биринчи лигаси вакили ҳам Балотелли билан шартнома имзолашни хоҳламади  4 18:49Ямаль: "Мен тун ярмида уйғониб, печенье ейиш учун эртароқ ухлайман"  8 18:20ПСЖ "Реал" асосий футболчисига фойдали шартнома таклиф қилишга тайёр  1 17:51"Челси"нинг икки футболчиси сафга қайтди ва "Астон Вилла"га қарши ўйинга тайёр  1 17:22"Манчестер Юнайтед" Семеньо бўйича муваффақиятсизликдан кейин "Лейпциг" юлдузига кўз тикди  4 16:54"Атлетико" Сёрлотни 35-40 млн евро эвазига сотишга тайёр  1

O'zbekiston - Xitoy: Prevyu Yangiliklar

O'zbekiston - Xitoy: Prevyu

Ertaga, Avstraliyaning Brisben shahrida Osiyo Kubogi B guruhi 2-tur o'yinida Xitoy hamda O'zbekiston terma jamoalari o'zaro maydonga tushishadi.
Qayd etish lozim, ikkala terma jamoa to'rt yil oldin Qatardagi Osiyo Kubogi bahslarida ham bir guruhdan joy olishgan va o'shanda 2:2 hisobidagi durang qayd etilgan edi.

Malumot o'rnida, ertaga bo'lib o'tadigan bahs ikkala terma jamoa uchun hisob bo'yicha o'zaro 10-o'yin bo'ladi. Bungacha terma jamoalar o'zaro 9 marotaba o'zaro kuch sinashgan va unga ko'ra kichik ustunlik O'zbekiston terma jamoasi tarafida. O'tkazilgan 9ta o'yinning 5tasida O'zbekiston g'alaba qozongan bo'lsa, 3 marotaba Xitoy o'zaro o'yinlarda g'alabaga ega. Yana bir uchrashuvda esa durang qayd etilgan. To'plar nisbati O'zbekiston foydasiga - 15:11.



Yana bir qiziq malumot - O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi bahslarida Xitoy terma jamoasiga mag'lubiyatga uchramagan. Terma jamoalar Osiyo Kuboklarida o'zaro uch marotaba o'ynashgan va ularning ikkitasida O'zbekiston g'alaba qozongan bo'lsa, bir uchrashuv durang bilang yakunlangan.

O'zbekiston va Xitoy terma jamoalarining Osiyo Kubogi bahslaridagi o'zaro o'yinlari:

Osiyo Kubogi-1996.
Guruh bosqichi.
O'zbekiston - Xitoy 2:0.

Osiyo Kubogi-2007.
Guruh bosqichi.
Xitoy - O'zbekiston 0:3.

Osiyo Kubogi-2011.
Xitoy - O'zbekiston 2:2.


Osiyo Kubogi bahslaridagi ishtiroklari borasida esa Xitoy terma jamoasining ko'rsatkichi yaxshiroq. Xitoy terma jamoasi uchun Avstraliyadagi musobaqa hisob o'n birinchisi bo'lsa, O'zbekiston terma jamoa uchun mazkur musobaqa hisob bo'yicha oltinchisi sanaladi. O'zbekiston terma jamoasi 2011 yili Qatarda o'tkazilgan musobaqada to'rtinchi o'rinni egallab musobaqa tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etgan. Xitoy terma jamoasi musobaqalar tarixidagi eng yaxshi natijasini 1980 va 2004 yillarda qayd etgan - har ikki safar ham Xitoy terma jamoasi finalda mag'lub bo'lgan.



Takidlash joiz, Xitoyga qarshi uchrashuvda bir qator futbolchilar terma jamoa safidagi o'yinlari sonini yangilashlari mumkin. Jumladan, 1-turni diskvalifikaciya sabab o'tkazib yuborgan Islom To'xtaxo'jaev Xitoyga qarshi o'zinining 40-uchrashuvini o'tkazishi mumkin. SHuningdek terma jamoa yarim himoyachisi Odil Ahmedov ham o'z o'yinlari sonini 65taga etkazib qo'yish imkoniyatiga ega. Terma jamoadagi o'yinlari soni bo'yicha rekordchi hisoblangan Timur Kapadze uchun Xitoyga qarshi o'yin faoliyatidagi 118-o'yin bo'lishi mumkin.



Osiyo Kubogi-2015. B guruhi, 2-tur.
14 yanvar. Brisben. Toshkent vaqti bilan soat 14:00.
Xitoy - O'zbekiston
Bosh hakam
: Muhammad Abdulla Hasan (BAA)
Qanot hakamlari: Muhammad Ahmad Yusuf Abdulla (BAA), Hasan Muhammad Xasan Al Mahri (BAA)
Zaxira hakami: Xettikankanamage Perera (SHri-Lanka)
Beshinchi hakam: Denie Gedara Xematunga (SHri-Lanka)
Nazoratchi: Lenni Edvard Makgregor (Avstraliya)
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика