So’nggi yangiliklar

09:38Расман. АПЛдаги илк истеъфо содир бўлди  2 08:55Бугун U-17 терма жамоамиз Марокашга қарши майдонга тушади  3 08:26Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё кубогига йўлланма олиши мумкин  2 07:58ЖЧ-2026. Яна бир терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  2 07:30Юртбошимиз ташриф буюрган, Ўзбекистон МТЖ чемпионликни қўлга киритган мусобақанинг тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛEРEЯ  0 07:13CAFA Nations Cup-2025. Ўзбекистон - Эрон 1:0  17 02:00ЖЧ саралаши. Италия Исроил дарвозасига 5та гол урди, Швеция кутилмаганда мағлубиятга учради  8 00:42CAFA Nations Cup-2025. Энг яхшилар аниқланди ва ғолибга соврин топширилди  43 00:30Муҳаммадрасул Абдумажидов Бельгия клубига ўтмайди  5 00:14Славен Билич Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийига айланиши мумкин  73 00:05Тимур Кападзе: "Эрон терма жамоаси қачон рози бўлган ўзи?"  130 23:00Қозоғистон Президенти Тоқаев: "Футбол клубларини хусусийлаштириш бўйича ишларни тезлаштириш керак. Бусиз футбол ривожланмайди"  4 21:50"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон терма жамоаси 13 йилдан сўнг Эронни ютди ва турнир ғолибига айланди  1045 20:32Шавкат Мирзиёев Жанни Инфантинога “Дўстлик” орденини топширди  20 20:26Португалиялик мураббий Озарбайжон терма жамоаси бош мураббийлигидан кетди  11

O'zbekiston va Hindiston terma jamoalarining o'zaro o'yinlar tarixi. Sakkizinchi Osiyo o'yinlari, Osiyo kubogi-2000 saralash bosqichi va "Merdeka" kubogi-2001 Yangiliklar

O'zbekiston va Hindiston terma jamoalarining o'zaro o'yinlar tarixi. Sakkizinchi Osiyo o'yinlari, Osiyo kubogi-2000 saralash bosqichi va "Merdeka" kubogi-2001

Osiyo kubogi 2-turida O'zbekiston milliy terma jamoasi Hindistonga qarshi maydonga chiqishadi. Biz esa O'zbekiston va Hindiston terma jamoalarining o'zaro o'yinlarini yodga olamiz.

Hindiston terma jamoasiga qarshi birinchi uchrashuvimizni uzoq 1998 yilida o'tkazganmiz. Hindiston poytaxti Deli shahrida bo'lib o'tgan uchrashuvda terma jamoamiz durang qayd etgan edi.

O'rtoqlik uchrashuvi

16.11.1998

Stadion: "Ambedkar" (Deli)

Hindiston 0:0 O'zbekiston

O'zbekiston: Oleg Belyakov, Andrey Ryazancev (Bahtiyor Ashurmatov 46), Rustam SHaymardanov, Aleksey Semenov, Eduard Mamotov, Sergey Lushan, SHuhrat Rahmonqulov (Andrey Akopyanc 46), Sergey Lebedev, Abduqahhor Marifaliev (Rashid G'ofurov), Jafar Irismetov (Nikolay SHirshov 55), Nematulla Quttiboev


1998 yilgi Hindiston safarida terma jamoamiz ikki marotaba Hindistonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etgan. Deli shahrida bo'lib o'tgan dastlabki bahsdan uch kun o'tib terma jamoamiz Kalkuttada yana bir o'rtoqlik o'yinida ishtirok etdi. Bu safar esa Hindistonni mag'lub eta oldik.

O'rtoqlik uchrashuvi

19.11.1998

Stadion: "Soltleyk" (Kalkutta)

Hindiston 0:4 O'zbekiston

Gollar: 

0:1 - Aleksandr Xvostunov, 8

0:2 - Sergey Lebedev (penalti), 30

0:3 - Quttiboev Nematulla, 35

0:4 - Rashid G'ofurov, 48

O'zbekiston: Pavel Bugalo, Andrey Ryazancev, Rustam SHaymardanov, Eduard Mamotov (Qambaraliev Bahtiyor 55), Sergey Lushan, Aleksandr Xvostunov(Rashid G'ofurov 46), Sergey Lebedev(SHuhrat Rahmonqulov), Nikolay SHirshov, Andrey Akopyanc, Jafar Irismetov (Abduqahhor Marifaliev 57), Nematulla Quttiboev


Hindiston terma jamoasiga qarshi uchinchi o'rtoqlik o'yinimiz ham 1998 yilda bo'lgan. Deli va Kalkuttadagi ikki uchrashuvdan so'ng O'zbekiston terma jamoasi Tailandda sakkizinchi Osiyo o'yinlarida Hindiston bilan to'qnash keladi. Osiyo o'yinlaridagi dastlabki uchrashuvimizda Hindistonni mag'lub etganmiz.

Sakkizinchi Osiyo o'yinlari (Tailand)

09.12.1998

Stadion: "Rajamangala" (Tailand)

O'zbekiston 2:0 Hindiston

Gollar: 

1:0 - Igor SHkvirin, 35

2:0 - SHuhrat Rahmonqulov, 49

O'zbekiston: Oleg Belyakov, Andrey Ryazancev (Sayun Aleksandr 65), Mirjalol Qosimov, Andrey Fedorov, Aleksandr Xvostunov, Sergey Lushan, Rashid G'ofurov, Nikolay SHirshov, Andrey Akopyanc, Aleksey Semyonov ( SHuhrat Rahmonqulov 37), Igor SHkvirin(Nematulla Quttiboev 53)


2000 yil Livanda bo'lib o'tgan Osiyo kubogi saralash musobaqasida O'zbekiston terma jamoasi yana bir marotaba Hindiston bilan to'qnash kelgan. BAAda bo'lib o'tgan qiziqarli uchrashuvda terma jamoamiz 3:2 hisobida g'alaba qozongan.

Osiyo kubogi-2000 saralash musobaqasi

25.11.1999

Stadion: "Taxnun Bin Hammad" (BAA)

O'zbekiston 3:2 Hindiston

Gollar:

1:0 - SHuhrat Rahmonqulov, 17

1:1 - Ancheri Pol, 18

1:2 - Vijayan Invalappil Mani, 55

2:2 - Andrey Fyodorov, 77

3:2 - Nikolay SHirshov, 86

O'zbekiston: Evgeniy Safonov, Andrey Fyodorov, Saydullo Tursunov, Ruslan Uzoqov( Fevzi Davletov 46), Otabek Pirmatov ( Mirjalol Qosimov 63), Aleksandr Xvostunov, Nikolay SHirshov, SHuhrat Rahmonqulov, Andrey Akopyanc (Ravshan Bozorov 75), Abduqahhor Marifaliev, Jafar Irismetov


Hindiston terma jamoasiga qarshi so'ngi uchrashuvimiz 2001 yil "Merdeka" kubogi doirasida bo'lib o'tgan. Kuala-Lumpur shahrida bo'lib o'tgan uchrashuvda terma jamoamiz 2:1 hisobida g'alaba qozongan.

Merdeka kubogi 2001

26.06.2001

Stadion: "SHox Alam" (Kuala Lumpur)

O'zbekiston 2:1 Hindiston

Gollar:

1:0 - Bahtiyor Hamidullaev, 19

2:0 - Anvar Berdiev, 33

2:1 - Vijayan Invalappil Mani, 45

O'zbekiston: Evgeniy Safonov, Oleg Sobirov, Asror Aliqulov, Leonid Koshelev(Bahodir Seitkamalov 46), Andref Vlasichev, Aleksandr Xvostunov, Bahodir Annamatov, Fevzi Davletov, Anvar Berdiev, Anvar Soliev, Bahtiyor Hamidullaev (Nematulla Quttiboev 70)

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика