So’nggi yangiliklar

02:58ЛаЛига. "Реал" "Реал Сосьедад"га имконият қолдирмади  19 02:54Англия Кубоги. "Ливерпуль" қийинчиликсиз "Брайтон" тўсиғидан ўтди  2 02:43А Серия. Миланда драма: қизил карточка, 5та гол - "Derby d'Italia"да "Интер" ғолиб!  19 00:58Рафинья сафга қайтишга яқин  1 00:42"Ньюкасл" камбэк амалга ошириб, "Астон Вилла"ни Англия Кубогидан чиқариб юборди  3 00:27Саудия Арабистони. "Ал Насср" ғалабага эришиб, 2-ўринга қайтди. Роналдудан навбатдаги гол!  5 23:47Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити" - "Салфорд Сити" учрашуви энг яхши футболчиси деб топилди  4 23:32Илҳом Абдуғаниев воҳа клуби билан шартнома имзолади  2 23:16УЕФА президенти Қозоғистонда сайланади  5 22:57Расман: "Металлург" Азим Аҳмедов билан шартнома имзолади  3 22:48Харри Кейн фаолиятидаги юбилей голини урди  2 22:26Германия. "Байер" ва "Бавария"дан йирик ғалабалар  1 22:11ОКМК Россия жамоасига имкониятни бой берди  0 21:50Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  54 21:40"Шўртан" Тожикистон клуби билан муроса кўчасини танлади  0

O'zbekiston - Ummon. O'zaro o'yinlarda ustunlik raqib tomonida, biroq... Yangiliklar

O'zbekiston - Ummon. O'zaro o'yinlarda ustunlik raqib tomonida, biroq...

9 yanvar kuni O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi 1-turida Ummon bilan o'ynaydi.

Bu jamoalar shu kunga qadar 5 marta to'qnash kelishgan.  Dastlabki o'zaro o'yin 2001 yil Toshkentda o'tgan. JCH-2002 saralashi doirasida vakillarimiz raqibni tor-mor etishgan - 5:0.

Jafar Irismetov va Mirjalol Qosimov dublga erishgan. Yana bir golga Maksim SHackix mualliflik qilgan.

Ummonda o'tgan uchrashuv esa biz uchun juda alamli mag'lubiyat bilan tugagan. Birinchi taymda vakillarimiz 2:0 hisobida oldinga chiqib olishgan. Biroq ikkinchi bo'limda maydon egalari Aleksey Polyakov qo'riqlayotgan darvozaga 4ta gol urishning uddasidan chiqishgan - 4:2. 



Keyingi uchta bahs ham o'rtoqlik maqomida bo'lgan. Yani Ummon bilan rasmiy to'qnashuvlarda natijalarimiz teng: bir g'alaba, bir mag'lubiyat.

2008 yil Maskatda bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida maydon egalari 2:0 hisobida g'alaba qozonishgan.

2014 yil ushbu jamoalar O'zbekistonda bir yo'la ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishgan. Olmaliq va Toshkentda bo'lgan o'yinlar bir xil 0:1 hisoblari bilan tugagan. Olmaliqda Mirjalol Qosimov asosan yosh futbolchilarni maydonga tushirgan bo'lsa, Toshkentdagi bahs Maksim SHackix, Viktor Karpenko va Ulug'bek Baqoevning xayrlashuv o'yini bo'lgani ko'plab muxlislarning yodida bo'lsa kerak.

9 yanvar kungi bahsda O'zbekiston terma jamoaga omad yor bo'lishini tilaymiz! 




Malumot uchun, 2018 yil Xitoyda o'tgan U-23 Osiyo chempionatida O'zbekiston guruhda Ummon bilan to'qnash kelgan va 1:0 hisobida g'alaba qozongan. O'sha uchrashuvda yagona golni ayni paytda milliy terma jamoa bilan BAAda bo'lib turgan Doston Tursunov urgan edi. 



Uzbekistan

Odil Akhmedov - 34', Eldor Shomurodov - 85'

Asian Cup Grp. F . 1-tur

09/01/2019, 18:30

1
:
2
Tugadi

Oman

Mohsin Al Ghassani - 72'

Stadion: Sharjah Stadium, 9424 tomoshabin

Bosh hakam: Hyung-Jin Ko

45'
90'
29'  Jaloliddin Masharipov
34'  Odil Akhmedov
58'  Ignatiy Nesterov
59'  Sardor Rashidov (Dostonbek Khamdamov)
79'  Jaloliddin Masharipov (Ikrom Alibaev)
83'  Marat Bikmaev (Eldor Shomurodov)
85'  Eldor Shomurodov
85'  Ikrom Alibaev
90'  Yegor Krimets
67'  Khalid Al Hajri (Mohsin Al Ghassani)
72'  Mohsin Al Ghassani
72'  Ali Al-Busaidi
86'  Jameel Al Yahmadi (Salaah Al-Yahyaei)
86'  Mohsin Jouhar (Mohammed Al Ghassani)

Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика