O'zbekiston U22 terma jamoasi o'quv-mashg'ulot yig'inini boshladi
31 avg 2020 10:28
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/589697_original.jpg)
![](/upload/storage/589697_220.jpg)
O'zbekiston U22 terma jamoasi o'quv-mashg'ulot yig'inini boshladi
Ravshan Haydarov murabbiyligi ostidagi O'zbekiston U22 terma jamoasi o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazish uchun "CHig'atoy" bazasiga jamlandi.
Yig'inning birinchi kunida, jamoa vakillari koronavirus (COVID-19)ga test topshirishdi. SHuningdek, ularga mazkur terma jamoaga yuklatilgan vazifalar va oldindagi rejalar hususida tushunchalar berildi.
Bundan tashqari, pandemiya sharoitida amal qilish zarur bo'lgan sanitariya qoida va normalariga alohida to'xtalib o'tildi.
SHundan so'ng, terma jamoa azolari Ravshan Haydarov boshchiligida dastlabki mashg'ulotlarni o'tkazdi.
O'zbekiston U22 terma jamoasi 5 sentyabrga qadar mashg'ulotlarni davom ettiradi. Yig'in doirasida bitta nazorat uchrashuvi tashkil etish rejalashtirilgan.
O’xshash yangiliklar
22:50
Parij-2024. O'zbekiston - Ispaniya 1:2, SHomurodov tarixiy gol urdi, Nematov penaltini qaytardi 5
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar