So’nggi yangiliklar

00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  7 00:09"Эспаньол" — "Барселона". Таркиблар маълум  1 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  3 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  0 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  3 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  8 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2

O'zbekiston (U19) - BAA (U19). Vakillarimiz kamchilikda raqiblarini mag'lub etdilar + FOTO Yangiliklar

O'zbekiston (U19) - BAA (U19). Vakillarimiz kamchilikda raqiblarini mag'lub etdilar + FOTO

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi BAAlik tengqurlariga qarshi o'yin o'tkazmoqdalar.


Toshkent. "Bunyodkor" stadioni

Bosh hakam:
Aziz Asimov

O'zbekiston (U19) - BAA (U19) 1:0

Gol: Kenjaboev 63.

CHetlatish: Saitov 43.


O'zbekiston (U19):
Umid Ergashev, Jasur Rahimov, Ibrohim Yo'ldoshov, Dilshod Saitov, Suhrob Izzatov, Alisher Salimov, Rasul Yo'ldoshov, Sanjar Zokirov, Hasan Yo'ldoshov, Islom Kenjaboev, SHahboz Umarov.
Zaxira: Javohir Qilichev, Obidjon Tolipov, Nodir Kuybakov, Abubakir Mo'ydinov, Akmal Mozgovoy, Jahongir Abdusalomov, Boburjon Asqarov, Abbos Jumaqulov, Elbek Jumanov, SHoxruh Abdurahmonov, Asadbek Sobirjonov, Jasur Ermamatov.


BAA (U19): Suhail Abdulloh Mutava, Omar Said Suaf, Majid Sulton, Saif al Suaidi, Omar Salim, Holid al Belushi, Ali Solih, Halfan al Nobi, Abdulrahmon Solig', Ahmad Fauzi, Fahal al Hammadi.
Zaxira: Salim Ahmad,Saif Abdulrazzoq, Muhammad al Dosari, Rashid Halfan, Marvan Fahad, Muhanned Ahmed, Nayihan Adhil, Yusuf Ayman, Muhammad Sirvashi, Iso Ahmad, Halil SHokri, Sulton Said Mufton.


Bahs Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlandi.

O'yinning 13-daqiqasida BAA futbolchisi darvozabonimiz bilan birga-bir vaziyatda qolib ketgandi. Yakunda, posbonimiz jamoani qutqarib qoldi.

18-daqiqada Sanjar Zokirovning taxminan 18 metrlardan tepgan jarima zarbasini raqib darbozaboni qiyinchilik bilan qaytarib qoldi.

22-daqiqa. Hasan Yo'ldoshovning bergan zarbasi darvoza to'riga tashqi tomondan borib tushdi.

27-daqiqa. Islom Kenjaboevning jarimadan bergan zarbasi noaniq bo'ldi.

40-daqiqa. Omar Salimning jarima to'pini darbozabonimiz Umid Ergashev bartaraf etdi.

43-daqiqa. Dilshod Saitov ikkinchi sariq kartochkasini oldi va maydondan chetlatildi. Raqiblar penalti tepish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Ammo, Halfan al Nobining bergan zarbasi noaniq bo'ldi.

45-daqiqa. Jamoalar tanaffusga 0:0 hisobi bilan chiqib ketishdi.





Suratlar muallifi Tolibjon Qosimov


Ikkinchi bo'lim boshlandi.

54-daqiqa. Raqib futbolchisi bo'sh darvozamizga gol kirita olmadi. Stadionga yig'ilgan 100ga yaqin muxlis qarsak chalib yubordi.

55-daqiqa. Zaxiradan maydonga tushgan Akmal Mozgovoy sariq kartochka oldi.

62-daqiqa. Islom Kenjaboev penalti ishladi.

63-daqiqa. Kenjaboevning o'zi penaltini aniq amalga oshirdi va o'yindagi hisobni ochdi - 1:0!

70-daqiqa. O'yinni kuzatish uchun 319 nafar tomoshabin tashrif buyurdi.

90-daqiqa. Hakam ikkinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun 5 daqiqa qo'shib berdi.

O'yin yakunlandi. Futbolchilarimiz kichik hisobda raqiblarini mag'lubiyatga uchratdilar.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика