O'zbekiston U16 terma jamoasi Tojikiston U16'ga kichik hisobda mag'lub bo'ldi
21 sen 2020 22:06
Yangiliklar
O'zbekiston U16 terma jamoasi Tojikiston U16'ga kichik hisobda mag'lub bo'ldi
Xabaringiz bor, O'zbekiston U16 terma jamoasi Tojikiston vakillari bilan ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazish uchun Xo'jand shahriga etib borgan edi.
Bugun ikki qo'shni mamlakat o'smirlari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvlarining dastlabkisi bo'lib o'tdi.
"Mustaqillikning 20-yilligi" nomli stadionda o'tgan bahsda Tojikiston U16 terma jamoasi 1-0 hisobida g'alabaga erishdi.
24 sentyabr kuni mazkur stadionda O'zbekiston va Tojikiston U16 terma jamoalari o'rtasidagi navbatdagi uchrashuv tashkil etiladi.
Tojikiston U16 – O'zbekiston U16 1:0
Gol: Xusrav Toirov 16'
O'zbekiston U16: A. Kenjaev, S. Poyonov, M. Abdurazokov, A. Xusanov, A. Vaniev, M. Usmonov, A. Xayrullaev, R. Islamov, SH. Akramov, A. Qoxorjonov, R. Turdimurodov
Zaxiradan maydonga tushganlar: X. Mahmudov, V. Pogosyan, T. To'xtasinov, A. Zevadinov
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar