O'zbekiston U16 terma jamoasi BAA o'smirlarini mag'lub etdi
06 may 2016 12:10
Yangiliklar
O'zbekiston U16 terma jamoasi BAA o'smirlarini mag'lub etdi
SHu yilning sentyabr oyida bo'lib o'tadigan 16 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekicton o'smirlar terma jamoasi yig'in doirasidagi birinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.
BAA U16 terma jamoasiga qarshi o'yin taqdirini Abdulhay Ismoilov tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi.
Uchrashuvning 75-daqiqasida Temur Olimxo'jaev shogirdlari o'ng qanotdan hujum uyushtirib, to'pni jarima maydoni tomon etkazib berishdi, aniq uzatmani, Abdulhay Ismoilov raqib darvozasiga joylab qo'ydi.
O'rtoqlik uchrashuvi.
05.05.2016, Dubay, BAA.
O'zbekiston U-16 – BAA U16 1:0
Gol: Abdulhay Ismoilov
O'zbekiston: Jo'raev, Abdullaev, Xoldorov, Karimov, Kamolov, Urunov, Azizxo'jaev, Soatov, Azimov, Yo'ldoshev, Abdumannopov.
Zaxira: Nematov, Xayrullaev, Ismoilov, Abdusattorov, Parpiev, Turg'unboev, Abdurahmonov, Namozov, Safutdinov, Kuyliboev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar