So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  2 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

O'zbekiston U-23ning Eronga qarshi bugungi bahsidan oldin saralash guruhlaridagi vaziyat qanday? Yangiliklar

O'zbekiston U-23ning Eronga qarshi bugungi bahsidan oldin saralash guruhlaridagi vaziyat qanday?

Xabaringiz bor, bugun Osiyo yashil maydonlarida U-23 Osiyo kubogi saralash bellashuvlarining 3-tur o'yinlari bo'lib o'tadi.

Bugun kelasi yil Qatarda o'tadigan musobaqada kimlar ishtirok etishini bilib olamiz. Hozircha musobaqada qatnashadigan faqat ikki jamoa nomi malum. Qatar mezbon bo'lgani uchun, ikkinchisi saralashning "C" guruhida muddatidan oldin 1-o'rinni naqd qilib ulgurgan Vetnam U-23 terma jamoasi. Qolgan 14 jamoa nomini bugun bilib olamiz.

U-23 Osiyo kubogi saralashida jamoalar 11 guruhga bo'lingan holda kurash olib borishmoqda. Har bir guruhning birinchi o'rin sohiblari, shuningdek eng yaxshi ko'rsatkichga ega 4ta ikkinchi o'rin egalari Qatarda o'tadigan final bosqichiga yo'l oladi. 4ta jamoadan iborat guruhlarda 3-turdan so'ng oxirgi o'rinni olgan jamoaning o'yinlari olib tashlanadi. Masalan, bugun Gong Kong Afg'onistonga yutqazib qo'yib bizning "E" guruhimizda oxirgi bo'lsa, ularning uchchala o'yini ham hisob-kitoblardan olib tashlanadi. O'zbekistonning Gongkongga urgan 10ta goli ham hisoblanmaydi. 3ta jamoadan iborat guruhlarda esa hammasi odatdagidek hisoblanaveradi. Bunday guruhlar saralashda 4ta: "B", "G", "I" hamda "K" guruhlari. "B" guruhida aslida 4ta jamoa. Lekin, mezbon Qatar saralash bellashuvlarida hisobdan tashqari qatnashmoqda. Jadval hisoblanganda ularning o'yinlari inobatga olinmaydi.


Bugungi uchrashuvda bizni durang ham qoniqtiradi, murosa ko'chasi tanlangan holatda biz birinchi o'rin bilan Osiyo kubogiga yo'l olamiz. Lekin, Kapadze jamoasini durang uchun maydonga olib tushishiga shaxsan men ishonmayman. Aniqki, bugun yigitlar faqat g'alaba uchun maydonda saf tortishadi. SHu o'rinda barcha 11 guruhdagi hozirgi holatni etiboringizga havola etamiz.

"A" guruhi

Bu guruhda Bruneyning o'yinlari juda katta ehtimol bekor qilinadi va qolgan 3 jamoaning o'zaro uchrashuvlari yo'llanmani sohibini aniqlab beradi. Bu guruhda ikkinchi bo'lgan jamoaning musobaqaga yo'l olish ehtimoli past.

"B" guruhi

Ushbu guruhda bugun Myanma Koreya Respublikasini yutib qo'ysagina ikkinchi o'rinni oladigan koreyslarda imkoniyat bo'lishi mumkin. Aks holda, bu guruhning 2-o'rni o'yindan tashqari holatda qoladi. 

"C" guruhi

Bu guruhda Vetnam muddatidan oldin 1-o'rinni naqd qilib bo'ldi. CHunki, ularga etib olishi mumkin bo'lgan Yaman bilan 2-tur bahsida g'alaba qozongan va har qanday holatda ham bugun ular peshqadam bo'lib qolaverishadi.

"D" guruhi

Bu guruhda hali 3 jamoada imkoniyat saqlanib turibdi. Agar bugun Bahrayn yaponlarni yutib qo'ysa, kunchiqar yurt vakillarining final bosqichidan quruq qolib ketish ehtimoli ortib ketadi.

"E" guruhi

Bizning guruhda O'zbekiston va Eron hali yo'llanmani naqd qilishmagan. Durang har ikkala jamoani katta ehtimol final bosqichiga olib chiqadi. Qaysidir bir jamoa g'alaba qozongan taqdirda ham narigi tomonning to'plar nisbati yaxshi hozircha va eng yaxshi ikkinchi o'rinlarga ilinish ehtimoli yuqori bo'ladi. Agar biz bugun forslarni yirik hisobda taslim etsak ular Osiyo kubogisiz qolib ketishlari ham mumkin.

"F" guruhi

Bu guruhda ikkinchi o'rinni oladigan jamoada ham final bosqichiga chiqish imkoniyati yuqori. CHunki to'plar nisbati Iroqda ham, Quvaytda ham yaxshi.

"G" guruhi

Bu guruhdan ikkita jamoa yo'llanma olishi ehtimoli yuqori. BAA Hindistonni yutsa Xitoy bilan birga 4 ochkodan yig'adi va "G" guruhidan ikkita jamoa final bosqichiga chiqadi.

"H" guruhi

Ushbu guruhda bugun Tailand va Malayziya kim birinchi bo'lishini o'zaro o'yinda aniqlab olishadi yoki durang o'ynashsa har ikkalasi chiqishi mumkin.

"I" guruhi

Bu guruhda bugun Avstraliya va Tojikiston kim peshqadam bo'lishini o'zaro o'yinda aniqlashadi. Kengurular yurti vakillarining g'alabasi qo'shnilarimizni yo'llanmadan mahrum qilishi mumkin yoki bu erda ham durang har ikkala jamoani final bosqichiga olib chiqishi mumkin.

"J" guruhi

Bu guruhda Saudiya bugun Kambodjani yutsa kerak, Livan esa Mo'g'ulistonga ko'proq gol urib to'plar nisbatini yaxshilashga urinadi.

"K" guruhi

Ushbu guruhda Indoneziya va Turkmaniston terma jamoalarining har ikkisida final bosqichiga chiqish imkoniyati yaxshi. Bugun ular o'zaro bellashadi. Durang har ikkalasiga yo'llanma beradi. Hatto, bir jamoaning kichik hisobdagi mag'lubiyati ham o'sha jamoaga yo'llanma berishi mumkin.

11 guruhning barchasidagi vaziyat bilan tanishdingiz. Biz hisob-kitobga qarab o'tirmaslik uchun bugun Eronni yutishimiz kerak. SHunda biz bayram qilamiz, forslar esa matematika bilan shug'ullanishadi.

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика