So’nggi yangiliklar

03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  18 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  0 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  2 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  10

O'zbekiston U-23 Osiyo chempionati chorak finaliga yo'l oldi Yangiliklar

O'zbekiston U-23 Osiyo chempionati chorak finaliga yo'l oldi

Bugun Xitoyda bo'lib o'tayotgan U-23 Osiyo chempionatida O'zbekistonning taqdiri malum bo'ldi.

Uchrashuvda Ravshan Haydarov shogirdlari kichik hisobda g'alaba qozonishdi va chorak final chiptasini qo'lga kiritishdi.


U-23 Osiyo chempionati
"A" guruhi
, 3-tur
15.01.2018
O'zbekiston U-23 - Ummon U-23 1:0
Gol:
D.Tursunov 37

O'zbekiston U-23: 1.Botirali Ergashev ("Paxtakor"), 5.Abbos Otaxonov ("Navbahor"), 2.Rustam Ashurmatov ("Bunyodkor"), 20.Doston Tursunov ("Neftchi"), 3.Hojiakbar Alijonov (13.Islomjon Qobilov, 90), 7.Odilbek Hamrobekov ("Nasaf"), 6.Azizjon G'aniev ("Nasaf"), 22.Bobir Abdiholiqov (17.Doston Hamdamov, 81), 10.Javohir Sidiqov (15.Oybek Rustamov, 90+3), 16.Doniyor Narzullaev ("Nasaf"), 9.Zabixillo O'rinboev ("Paxtakor").

Ummon U-23: 1.Ibrohim Al Muhayni, 2.Mataz Solih, 5.Tani Al Rushaydi, 6.Abdulloh Favaz, 7.Al Mandar Al Alavi, 9.Marvan Vadi ( 20.Yusaif, 59), 14.Madh Al Haldi (17.Samir Al Alavi, 87), 15.Ahmad Al Kaabi, 16.Ahmad Al Matroushi, 19.Zohir al Akbari, 21.Abdulaziz Al Geilani.




MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



Uchrashuv yakunlandi! O'zbekiston yana minimal hisobda g'alaba qozondi va keyingi bosqichga yo'l oldi.

90+3. Javohir Siddiqov o'rniga Oybek Rustamov tushirildi.

90 - Jarohat olgan Ilijonov o'rniga maydonga Islomjon Qobilov tushirildi.

Guruhimizdagi ikkinchi bahsda Qatar ikkinchi golni urdi va hisobda oldinga chiqdi. SHu turishda biz guruhda ikkinchi o'rin bilan keyingi bosqichga yo'l olamiz.

87 - Maydonda Hojiakbar Alijonov yotibdi.

81 - Bobir Abdixoliqov o'rniga Dostonbek Hamdamov maydonga tushdi.

75 - O'yin ancha sovib qoldi.

67 - Ummonning hujumlari besamar ketmoqda.

57 - Endi Odil Hamrobekovning jarimadan tepgan to'pi biroz noaniq ketdi.

55 - Abdixoliqov imkoniyatdan foydalana olmadi.

52 - Bugun barcha qarshi hujumlarni ko'kka sovurayapmiz.


Doston Tursunov hisobni ochganidan so'ng


50 - Aziz G'anievning jarimadan tepgan to'pi jonli devorga tegdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim statistikasi


Birinchi bo'lim tugadi.

Guruhning ikkinchi o'yinida Qatar hisobni tenglashtirdi, kamiga xitoyliklar 42 daqiqada qizil kartochka olishgan.

41 - Ummonliklar xavfli qarshi hujumga o'tishdi, baxtimizga foydalana olishmadi.

- OFK rasmiy tvitteri golni 5-raqamdagi Tani Al Rushaidi hisobiga yozdi.

37 - Gooooollllll, Doston Tursunooooovvvv!!!!!!!! Burchak zarbasidan keyin O'rinboev bosh bilan ustunni poyladi, keyin Ashurmatovning zarbasini kiper va himoyachi aralash qaytardi, oxiri Doston oraga oyog'ini tiqdi va hisobni ochdi.

36 - Zarbaaa, yana zarbaaa, lekin gol yo'q... Alijonovning ikkita zarbasi ham gol bo'lmadi va burchak to'pi ishladik.

29 - Qarshi hujumlardan juda yomon foydalanayapmiz.

25 - Ahmad Halifaning zarbasi ancha noaniq ketdi.

18 - Zarbaa, Zabihillo O'rinboevning bosh bilan bergan zarbasi noaniq ketdi.

15 - Uhhh, Doston Tursunovning xatosidan keyin 7-raqam zarba berdi, Botirali o'z joyida.

- Narigi o'yinda Xitoy 3 daqiqadayoq hisobni ochdi. Hammasi biz uchun yomon boshlandi.

12 - O'rinboev Narzullaevga juda ham noqulay pas berdi va hujum keskinligini yo'qotdi.

11 - Aziz G'aniev so'nggi pallada raqibning zarbasini bloklashga ulgurdi.

8 - Hujumimiz keskin tus olishi mumkin edi, raqib himoyachisi Alijonovni gavdasi bilan to'sib qoldi va to'pni olib qo'ydi.

Uchrashuvda darvoza tomon birinchi zarbani ummonliklarning 7-raqamdagi o'yinchisi Al Mandar Al Alavi berdi. Uni Botirali Ergashev ushlab oldi.

2 - Bugun CHap qanot vingeri rolida Doston Hamdamov o'rnida Bobir Abdixoliqov maydonga tushgan.

1 - Uchrashuv boshlandi! Uni Javohir Siddiqov boshlab berdi.

- Har ikki tomon jamoaviy suratga tushishdi.

- Endi esa Ummon madxiyasi.

O'zbekiston Respublikasi davlat madxiyasi yangramoqda.

- Jamoalar maydonga tushib kelishdi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 13:00da boshlanadi.

Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика