O'zbekiston U-23 termasi Dohadagi musobaqada qatnashmaydigan bo'ldi. Kapadze shogirdlarining mart oxiridagi raqiblari aniq
06 mar 2023 09:25
Yangiliklar


O'zbekiston U-23 termasi Dohadagi musobaqada qatnashmaydigan bo'ldi. Kapadze shogirdlarining mart oxiridagi raqiblari aniq
20-28 mart kunlari bo'lib o'tadigan musobaqada O'zbekistonning o'rnini Qirg'iziston egalladi. Mezbon Qatardan tashqari, xalqaro turnirda yana BAA, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Iroq, Tailand va Vetnam U-23 terma jamoalari ishtirok etadi. Musobaqa formati bo'yicha har bir jamoa 3tadan o'yin o'tkazadi. Qura tashlash marosimi mart boshida o'tkaziladi.
Bizdagi malumotlarga ko'ra, O'FA Doha Cup-2023 o'tadigan sanalarda boshqa terma jamoalar bilan kelishib bo'lgandi va ular bilan o'rtoqlik o'yinlarini bekor qilish katta jarimaga sabab bo'lishi mumkin. SHu tariqa, O'zbekiston U-23 termasiga Marokashda o'tadigan xalqaro turnirda qatnashadi va ularga quyidagi jamoalar raqiblik qiladi:
22 mart, O'zbekiston – Togo
25 mart, Kot-d'Ivuar – O'zbekiston
28 mart, Marokash – O'zbekiston
O’xshash yangiliklar

Fikrlar