O'zbekiston U-23 terma jamoasiga qarshi o'yinda Misrning 6 nafar futbolchisi ishtirok etmaydi
16 okt 2023 16:00
Yangiliklar
O'zbekiston U-23 terma jamoasiga qarshi o'yinda Misrning 6 nafar futbolchisi ishtirok etmaydi
Misr Olimpiya terma jamoasining 6 nafar futbolchisi O'zbekistonga qarshi o'rtoalik uchrashuvida maydonga tushmaydi.
Iordaniyaga qarshi o'yin (3:1)dan keyin Toshkentga safar qilgan Misr Olimpiya terma jamoasining delegaciyasidan olti nafar futbolchi — Muhammad Mag'ribi, Ibrohim Odil, Ahmad Nabil, Mustafo Saad, Majid Xoni va Mahmud Abdul Rasul tushib qolgan. Ularning bazilari jarohat olgan, milliy terma jamoaga chaqirilgan, shuningdek, hujjatlar bilan bog'liq sabablarga ko'ra O'zbekistonga qarshi bahsda ishtirok etmaydi. Toshkentga 22 nafar futbolchi tashrif buyurgan.
Misrliklarning braziliyalik bosh murabbiyi Rojerio Mikale O'zbekiston yoshlariga kuchli va tezkor deya tarif berib, jamoasini qiyin o'yin kutib turganini takidladi.
Eslatib o'tamiz, mazkur uchrashuv “Bunyodkor” stadionida soat 19:00 da start oladi.
Fikrlar