O'zbekiston U-23 terma jamoasi Franciyaga jo'nab ketdi
11 iyu 2024 13:37
Yangiliklar
O'zbekiston U-23 terma jamoasi Franciyaga jo'nab ketdi
Bugun tongda O'zbekiston U-23 terma jamoasi Olimpiadaga so'nggi tayyorgarlikni olib borish uchun Franciyaning Nicca shahriga jo'nab ketdi. Dastlab Nicca shahrida yig'in va 15 iyul kuni Gvineyaga qarshi, 18 iyulda esa Yangi Zelandiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkaziladi. Ana shu ikki bellashuvdan keyin terma jamoa Olimpiada bahslaridagi yurishini boshlash uchun Parijga yo'l oladi.
O'zbekiston U-23 terma jamoasining Olimpiadada ishtirok etuvchi yakuniy tarkibi:
Darvozabonlar: Abduvohid Nematov ("Nasaf"), Vladimir Nazarov ("Paxtakor"), Hamidullo Abdunabiev ("Olimpik").
Himoyachilar: Abduqodir Husanov ("Lans", Franciya), Asadbek Rahimjonov ("Olimpik"), Saidazamat Mirsaidov ("Olimpik"), Husniddin Aliqulov ("Rizespor", Turkiya), Muhammadqodir Hamraliev ("Paxtakor"), Zafarmurod Abdirahmatov ("Nasaf"), Ibrohimhalil Yo'ldoshev ("Qayrat", Qozog'iston).
Yarim himoyachilar: Abdurauf Bo'riev ("Paxtakor"), Diyor Xolmatov ("Paxtakor"), Behruz Asqarov ("Paxtakor"), Jasur Jaloliddinov ("Neftchi"), Ibrohim Ibragimov ("Paxtakor"), Umarali Rahmonaliev ("Rubin", Rossiya).
Hujumchilar: Ruslanbek Jiyanov ("Navbahor"), Alisher Odilov ("Olimpik"), Oston O'runov ("Persepolis", Eron), Abbosbek Fayzullaev (CSKA, Rossiya), Eldor SHomurodov ("Roma", Italiya), Husayin Norchaev ("Neftchi").

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar