O'zbekiston U-23 o'rtoqlik o'yinida Bangladesh klubi bilan durang o'ynadi
25 mar 2015 08:20
Yangiliklar

O'zbekiston U-23 o'rtoqlik o'yinida Bangladesh klubi bilan durang o'ynadi
Ayni damda Bangladesh poytaxti Daka shahrida U-23 OCH saralashiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Bangladesh chempionatida ishtirok etuvchi Abaxani klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.
Bangladesh Premer-Ligasida ishtirok etuvchi klubga qarshi uchrashuvda hisob ochilmadi - 0:0. Takidlash lozim, uchrashuvda terma jamoa bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov har ikki bo'limda ikki xil tarkibni sinab ko'rdi va tarkibdagi barcha 23 nafar futbolchini maydonga tushirdi.
Eslatib o'tamiz, Bangladesh poytaxti Dakka shahrida o'tkaziladigan U-23 yoshlar o'rtasidagi OCH saralash bahslari 27 mart kuni start oladi. Mazkur saralash o'yinlarida O'zbekiston U-23 terma jamoasi mezbon - Bangladesh yoshlar terma jamoasidan tashqari Hindiston hamda Suriya yoshlar terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Baxtiyor Ashurmatov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi saralashning 1-tur uchrashuvini 27 mart kuni Hindistonga qarshi o'tkazadi.
O'rtoqlik uchrashuvi.
Dakka, Bangladesh.
Abaxani (Dakka) - O'zbekiston U-23 0:0
O'zbekiston terma jamoasi tarkibi: Akmal Tursunboev, Boburbek Yo'ldoshev, Sardor Rahmonov, Hasan Asqarov, Akrom Komilov, Sardor Sobirxo'jaev, Vladimir Kozak, Jamshid Iskanderov, Jaloliddin Masharipov, Alisher SHog'ulomov, Igor Sergeev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Abdumavlon Abdujalilov, Abror Karimov, Javlon Mirabdullaev, Muxsinjon Ubaydullaev, Xurshid Muxtorov, Abdulloh Olimov, Abbos Maxstaliev, Diyor Turopov, Javohir Rasulov, Nikita Pavlenko, Temur Ayupov, Jasur Hakimov.

Fikrlar