So’nggi yangiliklar

02:02КЖЧ. Лео Мессининг супер голи "Интер Майами"га иродали ғалаба тақдим қилди  11 01:50Ўзбекистон U-17 иккинчи ўртоқлик ўйинида Боливия U-17ни мағлуб қилди  17 01:03Женнаро Гаттузо: "Ҳозирги футболда Гаттузони майдонга туширмаган бўлардим"  1 00:33"Барселона" 7 футболчисидан қутулмоқчи  1 23:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. 40 дақиқа тўхтаб қолган ўйин якунига етди  1 23:34Акмал Рустамов: "Ёшларга ишонч билдиряпмиз"  0 23:22Максим Шацких: "Легионерлар нега кетишди? Улар менинг олдимга келишди, шунчаки жамоада ўйнамаслигини айтишди"  6 23:09КЖЧ. "Пальмейрас" - "Ал Аҳли" учрашуви тўхтатилди. Нега?  8 22:42Ҳаким Фузайлов: "Сўнгги ўйинимизни 3 кун олдин ўтказгандик, йигитларда чарчоқ аломатлари сезилди"  2 22:18"Рома" клубга "янги" спорт директори тайинланганини эълон қилди  1 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" муҳим учрашувда "Хоразм"ни мағлуб этди  10 21:59Суперлига. "Андижон" ва "Қизилқум" "Бобур Арена"да муроса кўчасини танлади  51 21:18АПЛ "Манчестер Сити"ни жазолади  5 20:53"Рома"да бош мураббий ўзгарди. Рим клубидаги энг яхши мавсумини ўтказган Шомуродовнинг тақдири қандай кечади?  6 20:34"Барселона" бразилиялик ҳимоячи учун 30 млн евро таклиф этади  6

O'zbekiston U-22 termasi BAAga etib keldi va ilk mashg'ulotini o'tkazdi Yangiliklar

O'zbekiston U-22 termasi BAAga etib keldi va ilk mashg'ulotini o'tkazdi

Teglar :  O'zbekiston U-22
2018 yili Xitoyda bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo chempionati final bosqichiga yo'llanma olish uchun saralash bahslarida ishtirok etadigan O'zbekiston U-22 terma jamoasi BAAning Al-Ayn shahriga etib keldi.

2018 yili Xitoyda bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo chempionati final bosqichiga yo'llanma olish uchun saralash bahslarida ishtirok etadigan O'zbekiston U-22 terma jamoasi BAAning Al-Ayn shahriga etib keldi.

Saralashning “D” guruhi uchrashuvlari BAAning Al-Ayn shahrida bo'lib o'tadi. Mazkur guruhda BAA, O'zbekiston, Livan hamda Nepal yoshlar terma jamoalari Osiyo chempionati final bosqichiga chiqish uchun kurash olib boradi.

12 iyul kuni Ravshan Haydarov boshqaruvidagi jamoa Dubaydan 100 km uzoqlikdagi Al-Ayn shahriga etib bordi va Danat mehmonxonasiga joylashdi. SHu kunning o'zida jamoa futbolchilari mahalliy vaqt bilan soat 20:00 da “Al-Ayn” futbol klubiga tegishli mashg'ulotlar bazasida turnirdagi ilk mashg'ulotini o'tkazdi. Dastlabki kun asosan chigalyozdi mashg'ulotlar olib borildi va futbolchilarning funkcional holati ko'zdan kechirildi.

Eslatib o'tamiz, U-23 Osiyo chempionati final bosqichiga Xitoydan tashqari saralashning 10 ta guruhi g'oliblari hamda ushbu 10 ta guruhda eng yaxshi ko'rsatkichga ega yana 5 ta  jamoa ishtirok etish huquqiga ega bo'ladi.



O'zbekiston yoshlar terma jamoasi saralash turnirini 15 iyul kuni Livan yoshlariga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Ikkinchi turda Ravshan Haydarov jamoasi Nepalga qarshi maydonga tushsa, so'nggi turda mezbon – BAA terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Avvalroq xabar berilganidek, mazkur turnirda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 22 nafar futbolchi bilan ishtirok etmoqda.

Quyida saralash turniri uchrashuvlari taqvimi bilan tanishish mumkin:

U-23 OCH–2018 saralashi, “D” guruhi
15–19 iyul. Al Ayn, BAA
“Tahnun Bin Muhammad” stadioni

1-tur | 15 iyul


BAA – Nepal (soat 18:25)
O'zbekiston – Livan (21:25)

2-tur | 17 iyul

Nepal – O'zbekiston (18:25)
Livan – BAA (21:25)

3-tur | 19 iyul

BAA – O'zbekiston (18:25)
Livan – Nepal (21:25).

Eslatma: Uchrashuvlarning boshlanish vaqti Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика