O'zbekiston U-22 terma jamoasi Xitoydagi turnirda ikkinchi o'rinni egalladi
14 noy 2016 11:44
Yangiliklar
O'zbekiston U-22 terma jamoasi Xitoydagi turnirda ikkinchi o'rinni egalladi
Jasur Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston U-22 terma jamoasi Xitoyning Uxan shahrida o'tkazilgan turnirda ikkinchi o'rinni egalladi.
Turnirning dastlabki o'yinida Meksikaga 0:2 hisobida mag'lub bo'lgan O'zbekiston yoshlari keyingi o'yinlarda Xitoy bilan 0:0 hisobida durang qayd etgan bo'lsa, Vetnam yoshlar terma jamoasini 3:1 hisobida mag'ulb etdi.
Meksika U-22 terma jamoasi ushbu xalqaro turnir g'olibiga aylangan bo'lsa, O'zbekiston ikkinchi, Xitoy uchinchi, Vetnam esa to'rtinchi o'rinni egalladi.
Takidlash kerakki, Saidjamol Davlatjonovning Vetnam darvozasiga kiritgan goli musobaqaning eng chiroyli goli deb topildi. Davlatjonov maydon markazida to'pni qabul qilib olib, birin-ketin raqiblarni aldab o'tib, jarima maydonchasiga kirib borib, darvozani ishg'ol qilgan edi.
O'zbekiston U-22 terma jamoasi Toshkentga bugun, 14 noyabr, 19:35da etib keladi.
Fikrlar