O'zbekiston U-22 Qirg'izistonga qarshi har ikki o'yinni "Jar"da o'tkazadi
04 may 2015 17:32
Yangiliklar

O'zbekiston U-22 Qirg'izistonga qarshi har ikki o'yinni "Jar"da o'tkazadi
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi qirg'izistonlik tengdoshlariga qarshi "Jar stadionida o'ynaydi.
Avvalroq, Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi Qirg'iziston bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi haqida xabar berib o'tgan edik.
Ushbu o'yinlarning har ikkisi ham Toshkentdagi “Jar” stadionida bo'lib o'tadi. Birinchi o'yin 5 may kuni, ikkinchisi esa ertasiga, 6 may kuni, o'tkazilishiga kelishib olingan. Har ikki uchrashuv ham Toshkent vaqti bilan soat 16:30da boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-22ning Qatardagi Osiyo CHempionatiga yo'l olish masalasi saralash bosqichining "B" guruhidagi o'yinlar natijasiga bog'liq bo'lib turibdi. Qirg'iziston esa aynan shu guruhdan o'rin olgan. Ushbu guruh o'yinlari 16-24 may kunlari bo'lib o'tadi.

Fikrlar