O'zbekiston U-20 Toshkentga qaytib keldi FOTO
16 iyu 2015 19:33
Yangiliklar

O'zbekiston U-20 Toshkentga qaytib keldi FOTO
Yangi Zelandiyadagi yoshlar o'rtasidagi mundialda ishtirok etgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bugun Toshkentga qaytib keldi.
Mundialning chorak finalida Senegalga yutqazib qo'ygan Ravshan Haydarov boshchiligida jamoa o'tirgan samolyot bugun soat 17:10da poytaxtimizga kelib qo'ndi.
Aeroportga katta muxlislar, ota-onalar, murabbiylar va futbol jamoatchiligi yoshlarimizni kutib olish uchun etib kelishdi.
Futbolchilarimiz aeroportdan chiqishlari bilan gulduros qarsaklar va tabriklar yog'ilib ketdi. Barcha yigitlarimizga va murabbiylarga rahmat aytib ularni ko'nglini ko'tardi.
Bir qator futbolchilardan va ularning ota-onalaridan saytimiz uchun maxsus intervyular oldik. Yaqin vaqt ichida barchasini taqdim etamiz. Ertaga fotogalereya va video ham sizni kutib turibdi.
Narzulla Saydullaev

Fikrlar