O'zbekiston U-20 terma jamoasi saudiyalik tengqurlarini mag'lub etdi
30 jan 2023 21:48
Yangiliklar


O'zbekiston U-20 terma jamoasi saudiyalik tengqurlarini mag'lub etdi
Ravshan Haydarov qo'l ostidagi O'zbekiston yoshlari mazkur uchrashuvda ham mezbonlar ustidan g'alaba qozondi. Terma jamoa gollariga SHahzod Akramov (65-daqiqa) va SHahzod Rahmatullaev (90+3 daqiqa) mualliflik qildi.
U-20 Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi
Saudiya Arabistoni 1:2 O'zbekiston
O'zbekiston U-20 terma jamoasining birinchi bo'lim uchun tarkibi: Humoyunshoh Sayyotov, Mirkomil Abdurazzakov, Javohir Utamurodov, Diyor Ortiqboev, Po'latxo'ja Xoldorxonov, Zafarmurod Abdurahmatov, SHahriyor Jabborov, Abbos Fayzullaev, Nodir Abdurazzakov, Saidafzalxon Ahrorov, Muzaffar Mo'minov
Ikkinchi bo'limda maydonga tushirilganlar: Otabek Boymurodov, SHerzod Esanov, Izzat Po'latov, Zafar Hakimov, SHahzod Akramov (Mahmud Jo'raboev), Aziz Xolmurodov, SHahzod Rahmatullaev, SHahzod Nematjonov, Asad Jabborov, Mahmud Mahamadjonov
O’xshash yangiliklar

Fikrlar